Yo'g'e?! "Sosedad"ning 17 yosh futbolchisi "Xetafe"ni mag'lub etishga yordam berdi. Keyin esa uyiga velosipedda qaytdi
30 apr 2019 11:43
Yangiliklar
Yo'g'e?! "Sosedad"ning 17 yosh futbolchisi "Xetafe"ni mag'lub etishga yordam berdi. Keyin esa uyiga velosipedda qaytdi
Joriy mavsum "Real Sosedad" safida 17 yoshli forvard Ander Barrenechea debyut qildi.
Yakshanba kuni Barrenechea "Xetafe"ga qarshi bahsda 90 daqiqa maydonda harakat qildi. Bu uning chempionatdagi oltinchi bahs. Ander butun bahs davomida raqiblarini driblinglar bilan qiynadi va "Sosedad" 2:1 hisobida g'alaba qozonishiga yordam berdi.
Barrenechea asosiy vaqtga qo'shib berilgan birinchi daqiqada almashitirildi va "Anoeta"ga tashrif buyurgan muxlislar iqtidorli yigitchani qarsaklar bilan kuzatib qo'yishdi.
Ammo eng qiziq voqea uchrashuvdan keyin sodir bo'ldi: Barrenechea stadiondan chiqib, velosipedga o'tirdida, pedallarni turtib, uyi tomon yo'l oldi!
Hozircha Anderda haydovchilik guvohnomasi yo'q, ammo klub unga haydovchisi bilan mashina taklif qilgan, yigitcha rad javobi bergan ekan.
Fikrlar