So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  2 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  11 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  37 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

Yoddan chiqmas onlarni tuhfa qilgan Xose Luis Vilyanueva yodingizdami? Yangiliklar

Yoddan chiqmas onlarni tuhfa qilgan Xose Luis Vilyanueva yodingizdami?

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasida o'z vaqtida ko'plab jahon yulduzlari to'p tepganidan xabaringiz bor.

CHililik futbolchi Xose Luis Vilyanueva ham jahon darajasidagi futbolchi bo'lmasada jamoaga kelgan dastlabki kunidanoq mahalliy ishqibozlarni mehrini qozonib ulgurdi. OCHL da “Saypa” bilan kechgan bahsda xettrik qayd etdi. Poytaxt derbisida “Paxtakor” darvozasini ishg'ol qildi. U juda samimiy inson edi. Jamoadagi barchaga barobar munosabatda bo'lardi. Ammo, 2009 yilda murabbiylikka Skolari taklif etilgach zaxirada ko'p o'tirib qoldi. Mavsum so'ngida jamoadan ketishga majbur bo'ldi. SHunday bo'lsada, klubdagi faoliyati davomida 36 uchrashuvda 19ta gol urdi.



Hozirda yurtimizda karantin payti bo'layotganligi bois ko'pchilik muxlislarning Xosening bir necha yil oldin bildirgan fikrlarini taqdim qilamiz.


“O'zbekistonni albatta qo'msab turaman. Ayniqsa palovni. Oshdek taomni hech qaerda topa olmaysiz. Toshkentdagi bozor rastalarida meva va sabzavotlarni sotib olardik. Men narxini kelshishga harakat qilardim. Kechga yaqin poytaxt ko'chalarini oilam bilan sayr qilardim, odamlarni ko'zidagi quvnoq kayfiyat ko'rib zavq olardim.

“Bunyodkor”ni nega tark etganman? Menda bunday istak hech qachon paydo bo'lmagan. Pul, yashash, eb ichish har holda nolishga asos yo'q edi. Hozir ham o'zbekistonlik muxlislar meni eslab turishadi. Lekin, mendan keyin kelgan Denilson va boshqa futbolchilarga jiddiy muxlisliq qilishmaydi. Jamoaga kelgan braziliyaliklardan faqat Rivaldo yorqin o'yin ko'rsatdi deya olaman. U ko'plab gollar urdi, mavsum to'purariga aylandi. Lekin, jamoada qiyinchiliklar yuzaga kela boshlagach ular ham ketdi. Ochig'i, klubdan ketish men uchun og'ir edi. Ancha qimmatliroq bo'lgan futbolchilarni takli qilishdi. Yakunda voqea nima bilan tugaganini bilsangiz kerak.



Amet Memet jiddiylik tarafdori edi. Ko'p hazil qilganlarni hushlamasdi. Menda teskarisi edi. “Bunyodkor”ga kelmasimdan oldin O'zbekiston haqida malumotga ega emasdim. Toshkentga kelgach ko'proq izlanishga, o'rganishga kirishdim. Debyut uchrashuvim “Paxtakor” bilan derbiga to'g'ri kelgan.

Agarda menga “Bunyodkor” taklif bilan chiqsa bitta uchrashuvda bo'lsa ham maydonga tushardim. Bitta niyatim bor edi. U ham bo'lsa xayrlashuv uchrashuvimni shu jamoa libosida o'tkazish. Muxlislar haqida alohida gapirishim lozim. Ular bizni har qanday sharoitda olqishlab turardi. Hozirda televideniya sohasida faoliyat yuritmoqdaman. Murabbiy bo'lib ishlash rejalarimdan joy olmagan. Balki, kelajakda hamma narsa bo'lishi mumkin. “Bunyodkor” abadiy qalbimda qoladi”




Abdulaziz Iskanderov tayyorladi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика