So’nggi yangiliklar

20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  0 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  1 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  0 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  4 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  3 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5

Yoaxim Lyov: "O'rtoqlik uchrashuvlaridagi natija muhim emas" Yangiliklar

Yoaxim Lyov: "O'rtoqlik uchrashuvlaridagi natija muhim emas"

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Rossiya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.

- "Uchrashuvning dastlabki qismini yaxshi darajada o'tkazdik. Ammo ikkinchi taymda temp tushib ketdi. Tanaffusdan so'ng o'yinni kerakli darajada davom ettirolmadik. Tarkibimizda asosan yoshlar tushgani va ularda barqarorlik etishmayotganini takidlagan bo'lardim. O'yin taqdiri birinchi bo'limda hal etilgani ham qaysidir manoda ikkinchi taymdagi tempni tushishiga sabab bo'ldi.

O'rtoqlik o'yinlarida tablodagi hisob hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Muhimi bu emas. Franciyaga qarshi o'yindan tashqari qolgan bahslarda biz noto'g'ri harakatlanayotgandik. Rossiya bilan o'yinda biz ko'proq bo'sh hududlar topishimiz, o'yin dinamikasini baland olish va ko'proq xavfli vaziyatlar sodir etishga harakat qildik.

SHuningdek, men hujum chizig'idagi vakillarimizdan sovuqqonlik bilan o'yin ko'rsatishlarini kutgandim. Franciya bilan o'yinda bizga vaziyatlarni golga aylantirishda muammolar tug'ilgandi. Rossiya bilan bahsda bu muammoga echim topdik. Samaradorlik eng muhim jihatlardan biri. Xektorning jarohatini jiddiy deb o'ylamayman.

Uch markaziy himoyachi bilan o'ynash? Bugun buni raqibdan kelib chiqqan holda tanladik. Bu degani biz qolgan bahslarda ham ushbu sxemani qo'llashimizni anglatmaydi. Rossiya bilan o'yinda buni qo'llaganimga asosiy sabab, qanot himoyachilarimiz ko'proq teparoq joylashishlarini istagandim. CHunki hujumda ularning ko'magi muhim.

Yoshlarga ko'proq imkoniyat berganimga sabab, ular yaqin kelajakda terma jamoaning o'zagiga aylanishadi. Iqtidorli, kelajagi porloq futbolchilar. Ammo terma jamoaga moslashib, ko'nikib ketishlari uchun malum vaqt talab etiladi. Muhimi, ular barqaror o'yin ko'rsatishlari lozim".

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика