"Yiqil va o'rningdan tur" – De Xea Evropa Ligasi finali haqida
28 may 2021 01:39
Yangiliklar
"Yiqil va o'rningdan tur" – De Xea Evropa Ligasi finali haqida
"Manchester Yunayted"ning ispaniyalik darvozaboni David De Xea Evropa Ligasi finalida "Vilyarreal"ga uchralgan mag'lubiyat bo'yicha izoh berdi.
Finalda asosiy vaqt durang bilan tugadi (1:1) va ispaniyaliklar penaltilar seriyasiga ko'ra g'alaba qozonishdi. Penaltidan gol urolmagan De Xea quyidagicha fikr bildirdi:
"Yiqil va o'rningdan tur, o'z tajribang orqali o'rgan, yana kurash va g'alaba qil.
"Manchester Yunayted", qo'llab-quvvatlashlar uchun tashakkur", – deb yozdi ispaniyalik futbolchi Twitter'da.
Fikrlar