So’nggi yangiliklar

17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  0 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  3 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  0 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  6 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  0 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  2 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  3 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  2 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2

Yil yakuni: Bu mavsum O'zbekiston Superligasida sodir bo'lgan mojarolar Yangiliklar

Yil yakuni: Bu mavsum O'zbekiston Superligasida sodir bo'lgan mojarolar

2021 yil ham yakuniga etmoqda.

Ortda qolgan mavsum Superligamizda kuzatilgan mojaroli o'yinlarni yodga olishga qaror qildik.


"So'g'diyona" - "Turon"


14 mart kuni futbol bo'yicha O'zbekiston Superligasi doirasidagi 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Jizzax shahrida viloyatning bosh jamoasi “So'g'diyona” Yaypanning “Turon” klubini qabul qildi. Ushbu o'yin jizzaxliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

O'yindagi esda qolarli holat urilgan goldan avvalgi, penalti belgilangan vaziyat bo'ldi. Unda “So'g'diyona” futbolchisining bergan zarbasi “Turon” futbolchisining boshiga tegdi. O'yinni boshqarib borgan bosh hakam Viktor Serazitdinov esa ushbu vaziyatni penalti, deya baholadi.

O'yindan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida “Turon” jamoasining o'sha vaqtdagi bosh murabbiyi Islom Ismoilov bu kabi holatlar qachongacha davom etishini, futboldagi korrupciya yo'qolmayotgani, adolatsizliklarga qarshi qachon jiddiy kurash olib borilishi haqida keskin fikrlar bildirdi.




“Bularga kim chora ko'radi? Bu narsalarga qachongacha chidash mumkin? Tozalaymiz, deyishyapti, shumi tozalagani? Ikki o'yindan beri umuman futbol yo'q. Hushtak, hushtak, hushtak!!! Bularga qachon chora ko'riladi? Qachongacha bunga chidash mumkin? Bir jamoada 70−80 nafardan oshiq xodim mehnat qilyapti. Bola-chaqasini boqaman deyapti. Uchta odam esa “kallasini olib tashlayapti”. Adolat shumi? SHumi O'zbekistonda adolat? Qachongacha korrupciyaga qarshi kurashish mumkin?”, — degan edi “Turon” ustozi Islom Ismoilov.

15 mart kuni O'FA Hakamlik qo'mitasi tomonidan “So'g'diyona” — “Turon” uchrashuvini boshqarib borgan referi Viktor Serazitdinovning o'yin davomidagi xatti-harakatlari atroflicha tahlil qilindi va hakamlik faoliyatidan nomuayyan muddatga chetlatildi.

16 mart kuni O'FA tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishida “Turon” klubi murabbiyi Islom Ismoilov “So'g'diyona” klubiga qarshi bahsdan keyingi rasmiy flesh-intervyu chog'ida so'kingan holda, etika normalarini buzganligi uchun Tartib-intizom qo'mitasi unga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizomiy chorasini belgiladi. Klub prezidenti Abduvahob Ahmadaliev “So'g'diyona” klubiga qarshi bahsdan keyingi intervyusi davomida o'z fikrlarini qo'pol tarzda bildirgani uchun qo'mita unga nisbatan jarima intizomiy chorasini belgiladi.



"Navbahor" - "Paxtakor"

7 aprel kuni futbol bo'yicha O'zbekiston Superligasi 5-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Paxtakor" qarama-qarshiligi ro'y berdi. Namangan markaziy o'yingohida bo'lib o'tgan uchrashuv 2:1 hisobida “Paxtakor” foydasiga hal bo'ldi.

O'yinning so'nggi daqiqalarida bosh hakam tomonidan “Navbahor” darvozasi tomon penalti belgilandi. Ayni shu holat VAR tizimi orqali 6 daqiqa davomida ko'rib chiqildi va yakunda shunday qaror qabul qilindi. "SHerlar" foydasiga chiqarilshan ushbu qaror jiddiy bahs-munozaralarga sabab bo'ldi. Uchrashuv yakunlanganidan keyin hakamlar va “Paxtakor” futbolchilari stadionni tark etayotganda namanganlik muxlislar ularga turli vositalarni uloqtirishdi.




Namangan viloyati IIBning malum qilishicha, tomoshabinlar orasida faol etiroz bildirib, boshqalarga tasir o'tkazmoqchi bo'lgan 2 nafar futbol ishqibozi ajratib olingan. Fuqarolar Davlatobod tuman IIBga olib kelinib, tushuntirish ishlari olib borilgan.

Keyinroq ushbu uchrashuvdan keyingi tartibsizliklarda qatnashgan 7 nafar fuqaro javobgarlikka tortilgani haqida malumot berilgandi.

O'FA Tartib-intizom qo'mitasining yig'ilishida mazkur o'yin vaqtida kelib chiqqan tartibsizliklar bo'yicha qaror elon qilindi. Unga ko'ra, ikkala jamoaning rasmiylariga intizomiy choralar ko'rilishi belgilandi. “Navbahor” futbol klubi esa keyingi ikkita uy uchrashuvini muxlislarsiz o'tkazadigan bo'ldi.

Keyinroq O'FA hakamlar departamenti boshlig'i Erkin Baxtiyorov mazkur uchrashuvda penalti belgilamaslik noto'g'ri ish bo'lardi, deya takidladi: “O'yinda uchrashuv muhiti, undagi atmosfera, muxlislardan kelib chiqib penalti qo'yilmaganida, hakam o'sha o'yin uchun 2 baho olardi va chetlatilardi", – degan edi u



"Mashal" - "Qo'qon-1912"

5-turdan o'rin olgan "Mashal" - "Qo'qon-1912" uchrashuvining 52-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishdi. Mo'min Meliev tepgan to'p darvoza to'ri tashqi tomonidan darvozaga kirib ketdi. Bunga Muborakdagi stadion darvoza to'rlarining biroz katta bo'lgani sabab bo'ldi. Qanot hakami bu vaziyatni ko'rmay qoldi va gol inobatga olindi. Mazkur bahsda VAR ishlatilmagandi.





"Nasaf" - "So'g'diyona"

O'zbekiston Superligasining 12-turi doirasida kechgan “Nasaf” — “So'g'diyona” uchrashuvida (1:0) har ikki jamoa vakillari o'rtasida tortishuv yuzaga keldi.

Uchrashuv yakunlanishi arafasida mehmonlar vakili “Nasaf” futbolchisiga nisbatan qo'pol harakat qildi. Natijada, bu ommaviy tortishuvga aylanib ketdi. Vaziyatga huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari aralashgach, holat bir oz muddatdan keyin yumshagandi. Hakam videotakrorlar yordamida uch nafar futbolchiga qizil kartochka ko'rsatdi. Janjal keltirib chiqargan Jamshid Boltaboev (“So'g'diyona”) va SHerzod Nasrullaev (“Nasaf”) to'g'ridan to'g'ri qizil kartochkaga loyiq ko'rilgan bo'lsa, Husniddin Aliqulov (“Nasaf”) ikkinchi ogohlantirishni olib, maydondan chetlatildi.

Bosh hakam SHavkat Nasibullaev ushbu vaziyatdan avvalroq “So'g'diyona”ning golini bekor qilgandi. Hakam videotakrorlardan keyin hujum vaqtida qoida buzilishi  yuzaga kelganini qayd etib, golni inobatga olmagandi.



"So'g'diyona" - "Nasaf"


O'zbekiston kubogining chorak finalidan o'rin olgan “So'g'diyona” — “Nasaf” uchrashuvi ommaviy mushtlashuv va tartibsizliklar bilan yakunlandi. O'yin qarshiliklarning kichik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi — 1:0. Ushbu uchrashuv so'ngida “Nasaf” sardori Umar Eshmurodov mezbonlar hujumchisi Bahodir Nasimovning boshiga zarba berdi. Hakam bu lahzani payqamadi. Aksiga olib, bahsda hakamlarga ko'mak beruvchi videoyordam tizimi (VAR) ham yo'q edi. Bahs yakunlanganidan so'ng futbolchilar o'zaro bahslashishda davom etishdi. Xususan, Umar Eshmurodov va “So'g'diyona” klubi bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'rtasida og'zaki tortishuv ham ro'y berdi.

Mehmonlar futbolchilari maydonni tark etgach, muxlislar ularga "butilka" va boshqa narsalarni uloqtirishdi. SHundan so'ng har ikki jamoa futbolchilari o'rtasida mushtlashuv kelib chiqqan, huquq-tartibot idoralari vakillari esa vaziyatga aralashishgandi.

O'FA Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishida bir qator futbolchi hamda rasmiylarga nisbatan tartib-intizom choralari belgilandi. “So'g'diyona” jamoasi vakillari Ulug'bek Baqoev hamda Bahodir Nasimov, shuningdek, “Nasaf” klubi futbolchisi Umar Eshmurodovning har biri 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va ularga nisbatan jarima qo'llanildi.

“So'g'diyona” klubi muxlislarini muxlislik madaniyatidan chetga chiqib, stadionga turli buyumlarni uloqtirgani, stadion va unga yondosh hududlarda tartibsizliklar keltirib chiqargani, jamoa rasmiy shaxslari tomonidan stadionda tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab bo'lgan nojo'ya xatti-harakatlar sodir etilgani jamoaga nisbatan Superliganing 25-tur doirasidagi “So'g'diyona” — “Nasaf” uchrashuvini tomoshabinlarsiz o'tkazish intizom chorasi belgilanishiga olib keldi.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика