So’nggi yangiliklar

23:16АПЛ. "Тоттенхэм" - "Манчестер Сити". Бошланғич таркиблар аниқ!  21 22:53Вадим Абрамов Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичидаги қуръа ҳақида ўз фикрини билдирди  3 22:28Саудия Арабистони чемпионати. "Ар Риёд" ва "Ал Файха" ўзаро нурсиз дуранг ўйнашди, Шукуров 90 дақиқа ҳаракат қилди  2 22:11Элдор Шомуродов "Рома"нинг февраль ойидаги энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод!  10 21:47Осиё футбол конфедерацияси 2026 йилги аёллар Осиё кубоги саралаш босқичи ўйинларга мезбонлик қиладиган саккиз мамлакатни эълон қилди  0 21:22Виктор Осимхен "Манчестер Юнайтед"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  1 20:57Моуринью "Галатасарой"ни ирқчиликда айблагани учун судга бериши мумкин  0 20:31Сергей Чигодаев бошчилидаги Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг бугунги машғулотларидан суратлар  4 20:16Машарипов ўйнаётган "Истиқлол"га янги бош мураббий тайинланди  0 19:35Ўзбекистон кубоги. Гуруҳ босқичига қуръа ташланди  29 19:17Ўзбекистон кубоги финалига қайси шаҳар мезбонлик қилиши маълум бўлди  11 18:57Жарред Брэнтуэйт - "Реал"нинг мақсади  2 18:29"Милан" ва Пулишич 2028 йилгача мўлжалланган шартнома имзолайди. Вингернинг маоши 5 млн еврогача оширилади  0 18:00"Барселона" Гринвуд номзодига қайтди  4 17:35"Бавария" "Реал" ярим ҳимоячисига қизиқиб қолди  4

Yil sadoqati! Lukas Peres "Deportivo" safida 3-divizionda o'ynash uchun "Kadis"ga deyarli yarim million to'ladi (mutolaa uchun) Yangiliklar

Yil sadoqati! Lukas Peres "Deportivo" safida 3-divizionda o'ynash uchun "Kadis"ga deyarli yarim million to'ladi (mutolaa uchun)

"Deportivo" shanba kuni Lukas Peresning transferi haqida elon qildi.

Hujumchi bir yarim yillik shartnoma imzoladi. Bu juda yorqin va noodatiy o'tish bo'ldi.

Birinchidan, Peres La Ligada ishtirok etuvchi "Kadis"ni Ispaniyaning uchinchi divizionida o'ynovchi "Deportivo"ga almashtirdi. Hamma ham bunday pasayishga rozilik bildiravermaydi.



Ikkinchidan, Lukas transferning bir qismini ham to'ladi. Peres sobiq klubiga qaytish uchun "Kadis"ga bir millionning deyarli yarmi (transferning umumiy narxi), aniqrog'i 493 ming evro o'tkazdi. Qolgan mablag'ni "Deportivo" to'laydi.

Bundan tashqari, "Arsenal" sobiq o'yinchisi "Kadis"da mavsum so'nggiga qadar qolib, olishi mumkin bo'lgan 900 ming evroni rad etdi. Uning "Deportivo"dagi maoshi sezilarli darajada past bo'ladi.

Peres 30 dekabrda "Almeriya"ga gol urdi, shundan so'ng "Kadis" bilan iliq xayrlashdi. "Bu erga bir yil oldin qutqarishdek aniq maqsad bilan kelganman ("Kadis" o'tgan mavsumni tushib ketish hududidan bir ochko farq bilan tugatgan) va biz bunga erishdik. Muxlislar, klub va shaharga menga bu vaqt davomida ko'rsatgan muhabbati uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Sizlarga doim eng yaxshisini tilayman, sababi siz bunga arziysiz", – deydi hujumchi.


Peres yozdayoq "Depor"ga qaytmoqchi edi, ammo "Kadis" uni qo'yib yubormadi


Peres 2014 yildan 2016 yilgacha "Deportivo"da o'ynagan, shundan so'ng, shundan so'ng u erga 2017/18 yilgi mavsumda "Arsenal"dan ijara sifatida o'tgan.

U galisiyaliklar safida 96ta o'yinda maydonga tushib, "gol+pas" tizimida 33+22 jamg'ardi. Hujumchi "Arsenal" (21ta o'yinda 7ta gol)da ham, "Vest Xem" (19ta o'yinda 6ta gol)da ham bunchalik samarador bo'lmagandi.

Forvard "Arsenal"ga transferidan so'ng "Depor"ga bo'lgan muhabbatini tan oldi. "Bazida "Deportivo"da huddi 10-15 yil o'tkazgandek tuyulaman. Bu klubga o'tishimdan oldin hech kim men haqimda bilmagan. Ukraina va Greciyada o'ynaganimni esa kam odam biladi.

"Deportivo"ning hech bir muxlisi "Arsenal"ga o'tishim xato bo'lganini aytmagan. Odamlar o'tishimdan so'ng "Arsenal"ning muxlislar soni oshishini aytishdi", – deydi Peres.

Lukas anchadan beri sobiq klubiga elitaga qaytishga yordam berishni xohlaydi. Peres 2022 yilning yozida Segundaga chiqish uchun pley-offda o'ynash uchun "Deportivo"ga ketishi mumkin edi. Transfer esa amalga oshmadi, "Depor" esa "Albasete"ga yo'llanmani boy berdi.



Ammo, Peres transferga intilishda davom etdi. Futbolchida "Kadis" prezidenti Manuel Viskaino bilan og'zaki kelishuv bor edi, unga ko'ra "Deportivo" ikkinchi divizionga ko'tarilsa, klub transferga rozilik bildiradi.

Segundaga chiqa olmagan "Depor" muzokaralarni to'xtatmadi va "Kadis"dan yana rad javobini oldi. SHu sabab Peres La Ligada qoldi.

Faqatgina 2023 yilning boshidagina hujumchining orzusi ro'yobga chiqdi.


Nega "Depor" shunchalik pastlab ketdi: qarzga botib ketdi, klubning biznes-modeli esa beparvolik deb ataldi


"Deportivo"ni shunchalik pastda ko'rish noodatiy holat, sababi klub 2000 yilda hatto La Ligada ham g'olib chiqqan, o'shanda shahar ko'chalariga 200 mingdan oshiq odam chiqqandi! "Deportivo" shuningdek 2002 yilgi Kubok g'olibi va chempionlar ligasining 2003/04 yilgi mavsum yarim finalchisi.



Ammo, klub 2000-yillar o'rtalarida yo'qolishni boshladi. Futboldagi pullar o'sdi va prezident Augusto Lendoyroda yulduzlar uchun pul etmadi. Klub qarzga botdi va sarf qilishni to'xtatdi.

Jon Toshak vaziyatni oldindan ko'ra bilgandi. U 1996 yilda "Depor"ni shug'ullantirar ekan: "Transferlarga millionlarni ishlatish o'rniga, Lendoyro mashg'ulot bazalarini qurishi kerak. Klubda poydevor yo'q. U havo qulfiga o'xshaydi" degandi.

Direktorlar kengashi 2013 yilda "Deportivo"ning biznes-modelini xato va beparvolik deb atashdi. Qarzlar 156 million evrogacha chiqdi. Rahbarlar moliyaviy hisobotda sababni shunday izohlashdi:

"To'lovga layoqatsizlik haqiqatdan yiroq boshqaruv rejimidan kelib chiqadi. Klub kreditlar oldi va moliyaviy imkoniyatlaridan oshgan holda sarflar qildi". Prezidetni esa ketishni majbur qilishdi. U xayrlashuv paytida: "Mening asosiy xatoim – imkon borida o'yinchilarni sotmaganimda" deb tan oldi.



Klub 2019 yilda deyarli La Ligaga qaytgan bo'lsa-da, asta-sekin pastga sho'ng'iy boshladi: yuqori ligaga yo'llanma "Malorka"ga boy berildi (2:0 hisobidagi g'alabani 0:3 hisobidagi mag'lubiyat yopib ketdi).

Bir yildan so'ng esa yana pastga quladi va Segunda Bga tushib ketmaslik uchun kurashdi. Va mojaro bilan tushib ketdi: "Fuenlabrada"da 12 futbolchi kasallandi (keyinchalik ularning soni 28 nafarga etdi), shu sabab bilan o'yin tashkil etilmadi. Qolish uchun kurashdagi raqib "Ponferradina"ning parallel o'yini esa reja bo'yicha ketdi va "Deportivo" yakunda imkoniyatlardan mahrum bo'ldi.

"Deportivo" prezidenti Fernando Vidal esa jamoalar bir vaqtda o'ynamaganidan va qoidalar buzilganidan g'azablandi: "Bu federaciya va liga tomonidan jiddiy xato. Biz eng jiddiy instanciyagacha chiqamiz. Tenglik tamoyili hamma jamoalar uchun bir xil emasligi ayon. Biz tushib ketdik deb hisoblamayman. To'liq uydirma sodir bo'ldi".



Yakunda hech nima rad etilmadi va "Depor" uchinchi divizionga tushib ketdi, klub endilikda Lukas Peresning yordamida yuqorilashga harakat qilmoqda.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика