So’nggi yangiliklar

17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  2 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   6 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  0 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  20 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  1 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  27 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8 14:15"Арсенал" яна бир трансфер бўйича келишувга эришди  0 14:06CAFA NATIONS CUP-2025 мусобақаси бошланмоқда. Эртага ўйинолди матбуот анжуманлари ва расмий машғулотлар бўлиб ўтади  5 13:45Бенту Ўзбекистон терма жамоаси тарихидаги 10-хорижлик мураббий бўлади. Аввалги ҳамкасблари қандай натижа кўрсатган?   42 13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  7 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  5 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  71 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0

AGMK: Yig'in doirasidagi nazorat o'yinlari sarhisobi Yangiliklar

AGMK: Yig'in doirasidagi nazorat o'yinlari sarhisobi

Teglar :  AGMK
AGMK jamoasi yangi 2020 yilgi mavsumga tayyorgarlik olib bordi.

Jamoa dastlab o'tgan yil yakunida, yani 24 dekabr kuni to'planib, yangi yilga qadar 5 kunlik yig'inni o'tkazgandi. So'ngra jamoa futbolchilariga yangi yil bayrami tufayli 4 kunlik kichik tatil berilib, jamoa 2020 yildagi ilk yig'inini 3 yanvardan yana tiklagandi. Mashg'ulotlar asosan Do'rmondagi qarorgohda va Qibraydagi stadionda olib borildi. 9 yanvarda esa jamoa azolari tibbiy ko'rikdan o'tishgani bois, ularga 1 kunlik hordiq chiqarish uchun dam berildi. SHuningdek, yig'inning dastlabki qismini Qibrayda o'tkazgan jamoa 18-19 yanvar kunlari ham qisqa tatilga chiqdi. Keyinchalik yana bir haftalik yig'in Qibrayda davom ettirildi hamda bu orada ikkita nazorat o'yini o'tkazildi. Dastlab "Oq-tepa" yirik hisobda mag'lub etilgan bo'lsa, keyinchalik "Surxon" ustidan g'alaba qozonildi. SHundan so'ng jamoa 1 kunlik tatilga chiqdi va 27 yanvar kuni Toshkent-Dubay yo'nalishi bo'yicha parvoz qilib, mavsumga tayyorgarlik qismining asosiy bosqichini BAAda davom ettirdi. 2 haftalik yig'in doirasida jamoa qator kuchli sparring raqiblar bilan nazorat uchrashuvlarini o'tkazdi. Avvaliga Turkmaniston milliy terma jamoasi bilan, keyinchalik Xitoy Superligasi vakillari - "Cindao Xuanxay", "SHandun Lunen", "SHanxay SIPG" kabi nomdor jamoalarga qarshi uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

AGMK Turkmaniston milliy terma jamoasi va "Cindao Huanxay" ustidan g'alaba qozongan bo'lsa, "SHandun Lunen" hamda "SHanxay SIPG"ga mag'lub bo'ldi. "SHanxay SIPG"ga qarshi ikkinchi nazorat bellashuvida tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi. SHu tariqa AGMK 11 fevral kuni BAAdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

So'ngra futbolchilarga 2 kunlik tatil berilgach, jamoa 14 fevraldan etiboran Do'rmondagi qarorgohda to'plandi va yangi mavsumga tayyorgarlik qismining yakuniy bosqichini yurtimizda davom ettirdi. Mazkur yig'in doirasida jamoa avvaliga "Ahmad Yassaviy" stadionida Pro-liga vakili "Rubin"ga qarshi nazorat bellashuvi o'tkazdi. Yig'in doirasidagi so'nggi nazorat bahsi esa Olmaliqdagi asosiy o'yingoh OKMK sport majmuasi maydonida "Oq-tepa"ga qarshi bo'lib o'tdi. Mazkur o'yinlarda ham jamoa ishonchli g'alaba qozonib, yangi mavsum startiga yaxshi kayfiyatda yo'l oladigan bo'ldi.

Yig'in doirasidagi nazorat o'yinlarini sarhisob qiladigan bo'lsak, jamoa jami 9ta uchrashuv o'tkazdi hamda 6 g'alaba, 1 durang va 2 mag'lubiyat qayd etdi. To'plar nisbati: 18-7. O'tkazilgan 9 nazorat uchrashuvining 4tasida jamoa o'z darvozasini dahlsiz saqladi va 2 o'yinda maydonni golsiz tark etdi.


AGMK safida 2020 yilgi qishki o'quv-yig'in mashg'ulot doirasida gol kiritgan futbolchilari ro'yxati:

1. Mate Vatsadze - 3

2. SHahzod Nurmatov - 3

3. Sanjar Tursunov - 2

4. Elguja Grigalashvili - 1

5. Saydullo Rahmatov - 1

6. Arslonmirat Amanov - 1

7. Sardor Rahmonov - 1

8. Bobur Yo'ldoshev - 1

9. Xojimat Erkinov - 1

10. Mirjamol Qosimov - 1

11. Bahrom Abduraximov - 1

12. Zafar Polvonov - 1


Assistent va samarali harakatlar bo'yicha ro'yxat qo'yidagicha:

1. Xojimat Erkinov - 3 (1 assist, 2ta penalti)

2. Elguja Grigalashvili - 2

3. SHahzod Nurmatov - 2

4. Arslonmirat Amanov - 1

5. Sanjar Tursunov - 1

6. Murod Toshmatov - 1

7. Yovan Jokich - 1

8. Mirjamol Qosimov - 1

9. Saydullo Rahmatov - 1


Malumot o'rnida, AGMK yangi mavsumdagi ilk bahsni Superliga 1-tur doirasida Olmaliqda Toshkent viloyati derbisi maqomida Bekobodning "Metallurg" jamoasiga qarshi o'tkazadi. O'yin 29 fevral kuni soat 16:45da boshlanadi.


AGMK jamoasining yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi nazorat uchrashuvlari

23.01.2020

AGMK - "Oq-tepa" 3:0

Qibray stadioni.

Hakam: Aziz Asimov.

Gollar: SHahzod Nurmatov (23, assist: Amanov), Sanjar Tursunov (44, assist: Nurmatov), Elguja Grigalashvili (77-penaltidan)


25.01.2020

AGMK — «Surxon» 3:1

Qibray stadioni.

Hakam: Viktor Serazitdinov.

Gollar: Sanjar Tursunov, Saydullo Rahmatov (27, assist: Tursunov), Arslonmirat Amanov (53 assist: Nurmatov) - Husniddin G'ofurov (3)


02.02.2020

AGMK — Turkmaniston 1:0

Dubay, «Jebel Ali Sport Centre»

Gol: Mate Vatsadze (55, assist: Erkinov)


05.02.2020

AGMK — "Cindao Huanxay" 3:1

Dubay, «Jebel Ali Sport Centre»

Gollar: Vatsadze (39, assist: Grigalashvili), Rahmonov (56, assist: Toshmatov), Nurmatov (84) - Gao Xiang (64)


08.02.2020

AGMK — "SHandun Lunen" 0:2 

Dubay, «Jebel Ali Sport Centre»

Gollar: Fellayni (6, 63)


10.02.2020

1-o'yin

AGMK — “SHanxay SIPG” 1:2 

Dubay, «Jebel Ali Sport Centre»

Gollar: Avtogol (60) - Xalk (18), YU Xai (34)


10.02.2020

2-o'yin

AGMK — “SHanxay SIPG” 0:0 

Dubay, «Jebel Ali Sport Centre»


20.02.2020

AGMK - "Rubin" 4:0

"Ahmad Yassaviy" stadioni.

Gollar: Vatsadze (15, assist: Jokich), Yo'ldoshev (63, assist: Qosimov), Erkinov (75), Qosimov (86-penaltidan)


23.02.2020

AGMK — “Oq-tepa” 3:1

Olmaliq shahri, OKMK sport majmuasi

Gollar: Abduraximov (45, assist: Grigalashvili), Polvonov (50, assist: Rahmatov), Nurmatov (79) — Yusupov (42)

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика