So’nggi yangiliklar

10:47Юлиан Нагельсман кечаги мағлубиятдан сўнг шогирдларини кескин танқид қилди  1 10:15МЮ Онанани ижарага бериши мумкин  1 09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  14 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  2 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  6 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  8 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  7 07:39ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина, Бразилия ва Уругвай йирик ҳисобда ғалаба қозонди  6 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  9 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  11 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  1 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  5 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  14 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0

Yazguli Xojageldiev: "Nasaf"ni durang qoniqtiradi, ammo bu unchalik katta ustunlik emas" Yangiliklar

Yazguli Xojageldiev: "Nasaf"ni durang qoniqtiradi, ammo bu unchalik katta ustunlik emas"

OFK kubogi 3-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Oltin Asr" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida "Oltin Asr" bosh murabbiyi Yazguli Xojageldiev va futbolchi Ahmet Ataev qatnashdi.

"Guruhdagi so'nggi o'yinda barchasini hal bo'ladi. Bizni faqat g'alaba qoniqtiradi, shunday ekan g'alaba uchun o'ynaymiz. O'yin qanday bo'lishini ertaga ko'ramiz", - deydi Yazguli Xojageldiev.

"Biz ertangi g'alaba qanchalik muhimligini bilamiz. G'alaba uchun oxirigacha kurashamiz, barcha bizdan g'alaba kutmoqda", - deydi Ahmet Ataev.



 
- "Oltin Asr" birinchi o'yinda 9 kishi bo'lib 11 futbolchiga qarshi o'ynay olishini isbotlay oldi. Ikkinchi turda esa "triller" bo'ldi. Sizning jamoaingizga hurmatim baland, lekin negadir o'zingizga o'zingiz qiyinchilik tug'dirasiz va undan chiqib ketishga harakat qilayapsiz. "Nasaf" shunday jamoaki xatolarni kechirmaydi...

- SHunday o'yinlar bo'ladi, undan oldin hech nima demasa ham bo'ladi, ertangi bahs mana shunday. Barcha futbolchilar uning ahamiyatini tushunib turibdi. Yoki qaysidir o'yinlarda qancha gapirsangiz ham foydasi yo'q. Jamoamizda o'yin amaliyoti yo'q edi, "Oloy" bilan bahsda yigitlar erta g'alabani nishonlab yuborishdi. Yaxshiki so'nggi daqiqalarda penaltidan gol urib yutdik.

- Ertaga sizlarni faqat g'alaba qoniqtiradi, "Nasaf"ga esa durang ham etadi. SHundan kelib chiqib ertaga hujumkor o'ynaysizlarmi yoki himoyaviy?

- Albatta g'alaba uchun hujum qilish kerak. Ammo o'yin vaziyatlaridan kelib chiqib o'ynaymiz. "Nasaf"ni durang qoniqtiradi, ammo bu unchalik katta ustunlik emas. Ertaga o'yinda ko'rasizlar barchasini.

- "Xo'jand" bilan o'yinda ikki futbolchi qizil kartochka olgandi. Ulardan biri ikkita sariq kartochka olib maydonni tark etgani uchun ertaga o'ynay oladi. Uni "Nasaf" bilan bahsda ko'ramizmi yoki qandaydir jazo berdingizmi?

- Yo'q, hech qanday jazo bermadik. Lekin ertaga u tushadimi yo'qmi ayta olmayman.

- Qisqa muddatli musobaqalarda ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilish anchayin jiddiy jazo emasmi?

- Biz o'tgan narsalarni muhokama qilishga emas ertangi bahs haqida gaplashishga to'plandik. Bu qoidani biz o'ylab topmaganmiz.

Reyting: -10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика