Yaya Ture Ukrainada ish boshlaydi
15 jan 2021 19:25
Yangiliklar


Yaya Ture Ukrainada ish boshlaydi
"Barselona" va "Manchester Siti" sobiq yarim himoyachisi Yaya Ture Ukrainaning "Olimpik" klubi murabbiylar shtabiga qo'shiladi, deya xabar tarqatdi "ProFutbol".
Takidlanishicha, "Olimpik" rahbariyati 37 yoshli ivuarlik bilan kelishuvga erishgan. Ture uchun Ukraina chempionati begona emas, u 2003-2005 yillarda Doneckning "Metallurg" klubida to'p tepgan edi. "Olimpik" jamoasi Ukraina chempionati turnir jadvalida 7-pog'onani egallab turibdi.
Malumot uchun, Yaya Ture 2020 yilda faoliyatini yakunlaganini elon qildi. Uning so'nggi klubi Xitoyning "Cindao Xaynyu" jamoasi bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar