Yaya Ture uch o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin
10 fev 2014 16:53
Yangiliklar


Yaya Ture uch o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin
Angliya futbol associaciyasi APL 25-turi doirasidagi "Norvich" - "Manchester Siti" o'yinidagi to'g'nashuv borasida tekshiruvni boshlab yubordi, deya xabar bermoqda Sky Sports.
O'yin davomidagi vaziyatlardan birida Yaya Ture "Norvich" hujumchisi Riki van Volfsvinkelni urib yubordi. jabrlangan futbolchi bu vaziyatga bosh hakam etiborini qaratmoqchi bo'ldi. Biroq o'yinga hakamlik qilgan Jon Moss bu vaziyatga hech qanday reakciya bildirmadi.
Agar Ture ataylab raqibini urgan deb topilsa, "shaxarliklar" vakili uch o'yinga chetlatilishi mumkin.
Agar Ture ataylab raqibini urgan deb topilsa, "shaxarliklar" vakili uch o'yinga chetlatilishi mumkin.

Fikrlar