Yaya Ture: Maqsadimiz – MYU va qolgan 9 ta jamoani yutish
25 mar 2014 10:00
Yangiliklar


Yaya Ture: Maqsadimiz – MYU va qolgan 9 ta jamoani yutish
Manchester Siti futbolchisi Yaya Ture jamoasining maqsadlari haqida gapirib berdi.
Maqsadimiz - qolgan 10 ta o'yinning barchasida g'alaba qozonish. Bu albatta jiddiy vazifa. Lekin, shunday futbolchilar bilan bu ishni amalga oshirishni ilojsiz demagan bo'lardim.
Ushbu mavsumda premer-ligani yutish xar qachongidan xam qiyinligini tushunib turibmiz.
Eng avvalo, "MYU"ni mag'lubiyatga uchratib, olg'a intilishimiz zarur. Biz "Fulhem" bilan o'yinda maqsadimizga erishish uchun nimalar qila olishimizni ko'rsatdik.
Ayni paytdagi asosiy etiborimiz esa derbida g'alaba qozonishga qaratilgan, - deb aytib o'tdi futbolchi.

Fikrlar