Yaxshiroq shartnoma taklif qilishsa, Kurtua "Chelsi"da qolishi mumkin

Tolibjon Qosimov
17 iyul 2018, 14:45
"Chelsi"ning belgiyalik darvozaboni Tibo Kurtua yangi shartnomada maoshi ko'tariladigan bo'lsa jamoadan ketish haqidagi savolni ko'tarmaydi.

Eslatib o'tamiz, Tibo JCH-2018ning eng yaxshi kiperi deb topildi.

Ayni paytda "ko'klar" o'yinchiga haftasiga 200 ming funt sterling bilan yangi kelishuv taklif qilmoqda. Lekin, Kurtua o'zini bundan ham ko'prog'iga munosib deb hisoblamoqda.

"Terma jamoam bilan JCH-2018dagi bunday ishtirokdan so'ng yanada yaxshiroq taklifga munosibman deb o'ylayman. Agentim bilan uchrashishni rejalashtiryapman va yangilik bor yoki yo'qligini bilmoqchiman. Londonda baxtliman", - dedi Kurtua.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Daily Mail