So’nggi yangiliklar

18:28Ван Нистелрой "Лестер" бош мураббийлигидан кетди  0 18:00Қаршидаги "Марказий" стадиони "Насаф" – "Пахтакор" тўқнашувига тайёр!  5 17:31ПСЖ "Лион"га ёрдам қўлини чўзди  0 17:05Юрак хасталиги ортда қолди: Бове майдонга қайтади!  0 16:37"Арсенал" янги трансфер бўйича "Валенсия" билан келишувга яқин  1 16:11Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Хитой йиғинига йўл оладиган таркиби маълум  4 15:44"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди  6 15:18Расман: Қирғиз Республикаси бош мураббийи ишдан кетди  4 14:55Шаҳбоз Жўрабеков: "Иккинчи даврада "Бухоро"ни юқорида кўрасиз. Бекхэмнинг зарбаларини кўриб катта бўлганман"  8 14:34"Манчестер Сити"га эгалик қиладиган "City Football Group" Ўзбекистонда ўз клубига эга бўлиши мумкин  29 14:06МЮ Онанани сотиб, италиялик дарвозабонни биринчи рақамга айлантирмоқчи  3 13:38Месси MLS юлдузлари ўйинида қатнашади  27 13:10"Барселона" футболчиси "Мальорка"га ўтишга яқин  3 12:18"Лас-Пальмас" футболчиси автоҳалокат оқибатида ҳаётдан кўз юмди  0 11:50Эдерсон миш-мишларга чек қўйди  0

Yaxshi hamki o'yinni Mixail An va Vladimir Fyodorov ko'rmadilar... Yangiliklar

Yaxshi hamki o'yinni Mixail An va Vladimir Fyodorov ko'rmadilar...

O'yindan avval "Paxtakor" va "Bunyodkor" jamoalari 1979 yil avia halokatga uchragan futbolchilar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqladilar.

Boshqa o'yinlarga qaraganda stadionga tomoshabinlar nisbatan ko'p keldi. Bugunda 5000 muxlis Toshkent shahri uchun yaxshi ko'rsatkichga aylanib ulgurgani achinarli hol.

Kechagi o'yinda "Paxtakor" shubhasiz favorit sanalardi. "Bunyodkor" esa bu o'yinda imkon qadar mag'lubiyatga uchramasdan javob o'yiniga yaxshi natija bilan etib borishni reja qildi. "Qizilqum" bilan o'yindagi xatolariga qaramay Lushan Dilshod Jo'raevni maydonga tushirdi. "Paxtakor"ning tajribali futbolchilariga qarshi esa Xayrulla Karimov va yosh Rustam Ashurmatovni "qo'ydi". CHetdan qaraganda bu tarkib bilan "Paxtakor" g'alaba qozonishini aytish mumkin edi. Lekin futbolda har doim ham tajriba o'z so'zini aytmaydi.

"Paxtakor"dan farqli ravishda Xayrulla Karimov va Akmal SHorahmedov jamoasini ruxlantira oldi. "Paxtakor"da aynan mana shu narsa yo'q, jamoada yaxshi futbolchilar to'plangani bilan o'yin ruhiyatini o'z qo'liga ola biladigan "lider" yo'q. 

Hasanov va Grigoryan mavsumni tuppa-tuzuk o'tkazib turgan Akbar Ismatullaevni zaxirada qoldirishdi. "Paxtakor"ning odati, agar jamoaning o'yini chiqmasa birinchi bo'lib faqat SHerzod Karimov maydondan chiqishga majbur, xuddiki Karimovni o'rniga zaxiradan Messi tushadi-yu, o'yinni o'zgartirib yuboradi, xuddiki Karimov jamoaning eng ortiqcha o'yinchisi-yu, u chiqib ketsa jamoa zo'r o'ynashni boshlaydi. Stanislav Andreev esa jamoaning Xavisi, 36 yoshga to'lgandagina zaxiraga o'tirishi mumkin. Aslida "Paxtakor"da 27ga to'lib ham o'ynashda davom etayotgan va biron marotaba xorijga chiqmagan futbolchi, bu "Paxtakor" saviyasidagi o'yinchi emas.




Birinchi gol qarshi hujumdan kiritildi. Merzlyakov o'z postini tark etganidan foydalangan SHomurodov o'ng qanotdan hujum uyushtirdi. Voqea joyiga etib kelgan Davron Hoshimovdan ham o'tgan Eldor Merzyakov va Hoshimovning yonginasidan Doston Hamdamovga pas berdi va gol. "Paxtakor" hisobni tenglashtirgan vaziyatda pala-partishlik yuzaga keldi. Darvoza ichi va tashqarisidagi "tolpa"dan keyin to'p oxir-oqibat Zuxurov darvozasi to'ridan o'rin oldi. 




Ikkinchi golda ham "Paxtakor" himoyasi jiddiy xatoga yo'l qo'ydi. Sato individual mahorati evaziga to'pni Zuagiga etkazib berdi. Tunislik futbolchi darvozaga qanday zarba berish borasida shu kuni "Paxtakor"ni 4ta yarim himoyachisiga dars berdi. U shunchaki bor kuchi bilan to'pni tepmadi, ohistagina ustun tomonni poyladi, ustunga tekkan to'p qaytishda to'g'ri O'rinboevga kelib tushdi, 1:2.

SHundan keyin ham "Paxtakor"ning ko'zi ochilmadi. Na Kaxi Maxaradze, na Stanislav Andreev jamoasini ruhlantirmadi. Aksincha, Xayrulla Karimov kechagi o'yinda maydonni to'liq nazorat qildi. Futbolchi degan mana shunday jangchi bo'lishi kerak. 

Ikkinchi bo'limda "Paxtakor" futbolchilari Abdusattor Rahimovning o'rniga Murod Zuxurovni "SHo'rtan" bilan bahsga tayyorlab berdilar. Mantiqsiz to'p tepishlar-u va "tegib qolsa gol" shiori ostida jarima maydonchasi ichiga to'pni etkazib berishlar. Bularning barchasi Zuxurov uchun tayyor ozuqa bo'ldi. 




Bu erda Rajabov ortiqcha qiyinchilikka duch kelmadi. "Paxtakor" himoyachilari huddiki uni shunchaki kuzatib turdilar


"Paxtakor" Andreev va Maxaradze yordamida hisobni tenglashtirdi. Bu futbolchilarning o'yin davomida qilgan eng foydali ishi shu bo'ldi. Lekin bu ham "Bunyodkor"ni to'xtata olmadi. Lushan ikkinchi bo'limning 72 va 73 - daqiqalarda ikkita o'zgarish qildi. Komilov va Rajabov O'rinboev hamda Ashurmatov o'rniga maydonga tushdilar. "Paxtakor" esa Andreev olinishi kerak bo'lgan joyda Karimovni zaxiraga o'tkazdi. Ikkinchi hujumchini esa 70-daqiqaga kelib o'ynab turgan Kozak tushirdi. Bu vaziyatda Lushanga omad kulib  boqdi. ANVAR RAJABOV "Paxtakor"ning uch himoyachisi atrofida to'pni jarima maydonchasi ichiga etkazib berdi, Lobanov bir amallab o'yindagi ilk qaytarishini amalga oshirdi, ammo qaytgan to'pni Komilov kuchli zarba bilan hisobni 3:2 ko'rinishga olib keldi.

Yaxshi hamki, o'yinni Mixail An va Vladimir Fyodorov ko'rmadilar...




Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi: Murod Zuxurov ("Bunyodkor")




Maqolani shu surat bilan tugatishni maqul ko'rdim. Kecha o'yinda olgan suratlarim ichida eng yaxshisi. Bir yil avval aytishib qolgan Jo'raev va Lushan bugun yana birga va ular jamoa manfaati yo'lida birlasha oldilar!


Tolibjon Qosimov

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика