Yasper Sillessen jarohat oldi, endi u “Real”ga qarshi o'ynamaydi
02 fev 2019 08:49
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/475191_original.jpg)
![](/upload/storage/475191_220.jpg)
Yasper Sillessen jarohat oldi, endi u “Real”ga qarshi o'ynamaydi
“Barselona”ning Ispaniya kubogidagi darvozaboni Yasper Sillessen mashg'ulotlar vaqtida jarohat oldi.
29 yoshli futbolchi o'ng oyog'i muskullarini jarohatlab olgan. Uning safga qaytishi 6 haftagacha vaqt oladi. Endi u Ispaniya kubogi yarim finalida “Barselona” darvozasini qo'riqlamaydi. Qayd etish joiz, kataloniyaliklar mazkur bosqichda “Real Madrid” bilan duch kelgan.
Unga ko'ra, yarim finalning dastlabki o'yini 6 fevralda, javob bahsi esa 27 fevral kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar