So’nggi yangiliklar

01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  0 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  18 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  6 22:54"Барселона" — "Хетафе". Педри, Левандовски ва Рафинья асосий таркибда  6 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  16 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  57 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  123 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  17 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1 19:37Родри: "Арсенал"дан қасос олишимиз керак"  7

Yashirin namoyish, absurdlar teatri, Mourino karnavali: Britaniya matbuoti talqini Yangiliklar

Yashirin namoyish, absurdlar teatri, Mourino karnavali: Britaniya matbuoti talqini

"Manchester Siti" APLning uchinchi turiga kelibgina ochko yo'qotdi. Biroq bu dushanba kuni Mourinoning MYUsi "Old Trafford"da yutqazganining soyasida qolib ketdi.

"Manchester Yunayted" "Tottenxem"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi, va Joze Mourinoga bo'lgan bosim yanada oshib ketdi. Britaniya matbuoti esa bu borada ko'plab fikrlar bermoqda.

The Guardian: Mourinoning yashirin namoyishi

"The Guardian" nashri Joze Mourino yarim himoyachi Ander Errerani markaziy himoyachi poziciyasiga qo'yib, rahbariyatdan noroziligini yashirincha ko'rsatgan deb hisoblaydi.

"Ander Errerani uchinchi markaziy himoyachi qilib tanlanishiga nima sabab bo'ldi? Nima uchun Matich yoki Bayi emas? Nima uchun Lindelof yoki Darmian emas? Nima uchun o'tkazgan 384 uchrashuvida markaziy himoyada o'ynamagan futbolchi bu poziciyada? Bungacha Mourino Erreradan raqib jamoasining etakchisini, misol uchun Azarni yopishda foydalanardi. Biroq bu safar vaziyat boshqacha edi.

Mourino o'z intervyularining birida, transferlar oynasi yopiqligini aytgandi. Bu esa portugaliyalik murabbiy navbatdagi mojaroni boshlayotgandek ko'ringandi. 2007 yilda Angliya liga kubogining yarim finalida "Uikom"ga qarshi o'yinda Joze o'zining yashirin qarshiligini markaziy himoyaga Maykl Essen va Paulu Ferreyrani qo'ygan holda ko'rsatgandi. O'shanda "CHelsi" Tal Ben-Xakim bilan shartnoma imzolay olmagandi. Londonliklar 1:1 hisobidagi durangni qayd etdi. Bu Mourinoning "CHelsi"dagi so'nggi kunlarining ilk onlari edi. To'g'risini aytganda, Joze "Manchester Yunayted"da ham shunday ish qilishini kutmagandik"

The Times: "Manchester Yunayted" Mourino bilan ishonchni yo'qotmoqda

"Tottenxem"ga qarshi o'yin tugashiga 10 daqiqacha vaqt qolganida "Old Trafford" bo'shashni boshladi. Muxlislar jamoadan umidini uzgan, Jozening jamoasi esa ser Aleks davridagi kambeklar bo'lishiga ishonishmadi.

Mourino istefoga chiqariladimi bu haqda taxmin bildirish juda qiyin. Stadionda qolgan muxlislar esa jamoaga sodiqligini ko'rsatdilar. Minglab tomoshabinlar xayrlashayotgandek portugaliyalikni olqishlashdi va klub sharflarini ko'tarib turishdi. O'sha vaqtda reklama shitida yozuvlar bilan soatlar reklamasi paydo bo'ldi: "Bosimdan yorilib ketmang". Mourino yorilmadi, biroq uning kayfiyati yanada tushib ketdi. Matbuot anjumanida u APLning qolgan 19 murabbiyidan ko'proq chempionlikni qo'lga kiritgani uchun OAV vakillaridan hurmat talab qildi. Uning kayfiyati bu "Manchester Yunayted"ning muammosi bo'lib turibdi".

"The Times" nashri shu tarzda Mourinoni taxlil qildi. Bu maqolada u 0:3 hisobidagi mag'lubiyatga Ed Vudvordning ham aybi borligini ko'rsatib o'tdi. SHuningdek, "Manchester Yunayted"ga Tobi Alderveyrld kerakligini ham takidladi.

The Telegraph: Absurdlar teatri va Mourino karnavali

"The Telegraph" nashri muxlislarning birlashishini va Joze Mourino o'z tarkibini o'ylashi kerakligini yozmoqda.

Markaziy himoyachilar transfer qilmagani uchun Mourino uzoq muddat jamoa muxlislarini ekspertlar va katta ehtimol bilan rahbariyatga qarshi birlashishga chaqirdi. Beo'xshov himoyachilar, melodramatik murabbiy va birlasha olmayotgan jamoa - "qizil iblislar"ning menyusida bo'lib turibdi. Mourino o'z poziciyasini himoya qilish uchun muloqot yo'lini tanladi. SHu boisdan "orzular teatri" absurdlar, afsuslar teatriga aylandi. Jozening "Manchester Yunayted"i Angliya futbolining bayroqdor jamoasi emas. U o'z hayotidan kelib chiqqan holda klubni boshqarmoqda.

"Manchester Yunayted" mag'lub etilganidan keyin "Tottenxem" muxlislari "Mourino karnavali" bilan g'alabani nishonlashdi. SHundan keyin ham Pochettino o'z saviyasini Mourinodan past deb hisobladi. Biroq u tarkibini kuchaytirmadi. Bu vaqtda Mourino har vaqtda yozgi transferlar oynasida himoyachilar transfer qilinmaganligini ro'kach qilmoqda"

Independent: Fergyusondan o'rganishi kerak

Joze Mourino bir necha jamoalardan ketganida, o'sha klublarni inqirozga uchratgani bu shavqatsiz haqiqatdir. Portugaliyalik murabbiy bunday holatlardan chiqib ketish yo'lini bilmaydi. U hech qachon negativlikdan qutulish chidamlilikni namoyish qila olmagan.

1996 yilning kuz oylarini eslaymiz. "Manchester Yunayted" avvaliga "Nyukasl"ga 0:5, keyinchalik "Sautgempton"ga 3:6 hisobida mag'lub bo'lgandi. SHundan so'ng o'z maydonida "CHelsi"ga 1:2 hisobida yutqazdi. Aleks Fergyusonning MYU bosh murabbiyligiga kelgan 10 yilligini nishonlash uchun yaxshi vaqtlar emasdi o'shanda. Biroq ser Aleks bunday holatlarda o'z sabrinining qandayligini va ajoyb ruhshunos ekanligini ko'rsata oldi. U johillik bilan klubni inqirozdan olib chiqmadi. Mourino shunday jihatlarni buyuk murabbiydan o'rganishi kerak"

"Independent" nashri Joze Mourino bunga qadar inqirozli vaziyatlardan chiqa olmaganligini yozdi. Portugaliyalik murabbiy jamoani yuqori marralarga olib chiqishini va buning uchun ser Aleksning uslubini qo'llashni tavsiya qildi.

Xorij saytlari asosida Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика