Yarim yillik tanaffusdan so'ng Leroy Sane safga qaytdi
28 jan 2020 22:00
Yangiliklar


Yarim yillik tanaffusdan so'ng Leroy Sane safga qaytdi
“Manchester Siti” vingeri Leroy Sane tizzasidan olgan og'ir jarohatidan so'ng ilk bora jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etdi.
U 2019 yilning avgustidan buyon maydonga tushmadi. Sane jarohatini Angliya Superkubogi doirasida bo'lib o'tgan “Liverpul”ga (1:1, pen. 5:4) qarshi bahsda orttirib olgandi.
Tahminlarga ko'ra, 24 yoshli germaniyalik futbolchi ECHL 1/8 finalining ilk uchrashuviga qadar to'liq tiklanadi. “SHaharliklar” ushbu bosqichda “Real”ga qarshi to'qnash keladi va klublar o'rtasidagi birinchi o'yin 26 fevral kuni Madridda o'tishi belgilangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar