So’nggi yangiliklar

21:35ЕЧЛ. "Будё Глимт" – "Манчестер Сити". Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  0 21:21"Андижон" ўртоқлик ўйинида Шимолий Македония клуби билан дуранг ўйнади  0 20:56Инфантинонинг маоши ФИФА президентлиги даврида тўрт баробар кўпайди  4 20:30"Барса" ва "Юве" қизиққан АПЛ клуби ҳимоячисини "Челси" сотиб олмоқчи  1 19:54"Реал" Винисиус бўйича катта трансфер таклифини олди  3 19:26Артета "Интер"га қарши ўйин ҳақида: "100 фоизли натижа бўшашишга олиб келмайди"  3 18:59"Нефтчи" Болгария жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди  9 18:39U-23 Осиё Кубоги. Япония Кореяни ютиб, финалга йўл олди  0 18:21Скоулз дербидаги ғалабадан сўнг Мартинесни огоҳлантирди  0 17:48"Ювентус" Матета бўйича таклиф билан чиқди  0 17:20Расман: "Локомотив" сербиялик ярим ҳимоячини таркибга қўшиб олди  2 16:52Энрике Диасни ҳимоя қилди ва уни Зидан билан таққослади  13 16:25Расман: Сидиқов "Қўқон-1912"га қайтди  3 16:07"Манчестер Юнайтед" Бундеслигада ишлаётган мураббийни кузатмоқда. У аввалроқ "Челси" шорт-листида бўлган  2 15:39Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  15

Yarim final yo'lida “chin devori”: qog'ozdagi ustunlikni maydonda ko'rsatish vaqti keldi Yangiliklar

Yarim final yo'lida “chin devori”: qog'ozdagi ustunlikni maydonda ko'rsatish vaqti keldi

U-23 Osiyo Kubogida hal qiluvchi bosqich boshlandi.

Guruh to'sig'ini muvaffaqiyatli engib o'tgan O'zbekiston U-23 terma jamoasi endi musobaqadagi eng mustahkam himoyaga ega raqib — Xitoyga qarshi maydonga chiqadi. Qog'ozda ustunlik biz tomonda, ammo pley-off bosqichi har qanday statistikani inkor etishi mumkin.

Tarixiy natijalar: ilk bor guruhdan chiqish

Xitoy U-23 terma jamoasi mazkur yosh toifasidagi Osiyo Kuboklarida oltinchi bor ishtirok etmoqda. Shu paytgacha ular uchun guruh bosqichi eng baland cho'qqi bo'lib kelgan. Saudiya Arabistonida o'tayotgan joriy musobaqa esa tarixiy ahamiyat kasb etmoqda — Xitoy U-23 ilk bor pley-offga chiqdi.

Joriy musobaqadagi eng asosiy ko'rsatkich — “nol”

Xitoy “D” guruhida Iroq (0:0), Avstraliya (1:0) va Tailand (0:0) bilan o'ynab, birorta ham gol o'tkazmadi. Bu ko'rsatkich ularni turnirdagi eng ishonchli himoyaga ega jamoaga aylantirdi. Ispaniyalik mutaxassis Antonio Puch qo'l ostida jamoa natijaga yo'naltirilgan, xavfsiz o'yin uslubini tanlagan. Intizom, pozicion himoya va minimal ustunlikni saqlab qolish — Xitoyning asosiy quroli.

O'zaro o'yinlar: tarix biz tomonda

O'zbekiston va Xitoy U-23 terma jamoalari Osiyo Kuboklari doirasida uch bor to'qnash kelgan va uchala bahsda ham g'alaba O'zbekiston tomonida qolgan. 2014 yil, O'mon — dramatik tarzda qo'lga kiritilgan 2:1 hisobidagi g'alaba (Krimec va Sergeevning qo'shimcha daqiqalardagi gollari).

U-23 Osiyo Kubogi-2013. O'mon

O'zbekiston - Xitoy 2:1

Hakamlar: Kim Jon Xyok, Yoon Jae Yol, Denie Gedara, Iida Jumpei

Gollar: Egor Krimec 90+2, Igor Sergeev 90+4 - Yang Chaosheng 35

O'zbekiston: 1. Akmal Tursunboev, 2. Egor Krimec, 4. Dilshod Jo'raev, 6. Abbosbek Maxstaliev, 7. Vladimir Kozak, 8. Sardor Sobirxo'jaev, 10. Jamshid Iskanderov, 14. Boburbek Yo'ldoshev, 17. Igor Sergeev, 18. Maksimilian Fomin, 23. Sardor Rashidov

Zaxira: 12. Asilbek Amonov, 3. Sardor Rahmonov, 5. Akbarjon Ismatullaev, 9. Sardor Mirzaev, 15. Javlon Mirabdullaev, 19. Diyorjon Turopov, 20. Muhsinjon Ubaydullaev, 21. Abdumavlon Abdujalilov, 22. Abdul Aziz Yusupov

2018 yil, Xitoy — guruh bosqichida mezbonlar 1:0 hisobida mag'lub etildi, gol muallifi Xojiakbar Alijonov. Keyin esa O'zbekiston chempionlikka erishdi.

O'zbekiston U-23 - Xitoy U-23 - 1:0

Gol: Xojiakbar Alijonov 14, - 1:0.

O'zbekiston U-23 - 1.Botirali Ergashev, 2.Rustamjon Ashurmatov, 3.Xojiakbar Alijonov, 5.Abbosjon Otaxonov, 6.Azizjon G'aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Zabihillo O'rinboev, 10.Javohir Sidiqov (8.Jasur Yaxshiboev, 66), 16.Doniyorjon Narzullaev (22.Bobur Abdixoliqov, 90+2), 17.Dostonbek Hamdamov (15.Oybek Rustamov, 72), 20.Dostonbek Tursunov

Ogohlantirishlar: Li Shuai 18, Rustamjon Ashurmatov 57, Abbosjon Otaxonov 68.

2020 yil, Tailand — Olimpiada saralashi doirasida 2:0 hisobida ishonchli zafar.

U-23 Osiyo chempionati

"C" guruhi, 2-tur

Xitoy - O'zbekiston - 0:2 

12 yanvar 2020 yil. Songxla. "Tinsulanon" stadioni.

Hakamlar: Abdulrahmon Al Jassim, Tolib Salim Al Marri, Saud Ahmad Al Maqaleh, Hamis Al Kuvari (hammasi Qatar)

VAR hakamlari: Abdulla Al Marri (Qatar), Umar Muhammad Ahmad Hassan Al Ali, Muhammad Abdulla HAsan Muhammad (ikkisi BAA)

Gollar: Islom Qobilov 45+2 penalti, - 0:1. Nurillo To'xtasinov 80, - 0:2.

Amalga oshirilmagan penalti: Islom Qobilov 66 (darvozabon).

Xitoy U-23: 12.Chen Vei, 3.Xuang Zengyu, 4.Vei Zen, 5.Zu Chenjie, 6.Xuag Kong (21.Zang Lingfeng, 59), 7.Yang Liyu, 8.Duan Liyu, 10.Xu Jingxang, 11.Chen Binbin, 14.Zao Jiafey, 15.Feng Bosuan,

Zaxira: 1.Li Guansi, 22.Zang Yan, 2.Tong Lei, 9.Zang Yuning, 13.Zou Junchen, 16.Yang Shuai, 17.Li Ruofan, 18.Jiang Shenglong, 19.Tian Xin, 20.Dilmurat Mavlanyaz, 23.Chen Pu.

O'zbekiston U-23: 1.Abduvohid Nematov, 2.Islom Qobilov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Abdulla Abdullaev, 6.Aziz G'aniev, 9.Jasurbek Yaxshiboev (18.Doston Ibragimov, 90+2), 10.Bobir Abdixoliqov (11.Mirjahon Mirahmadov, 86), 19.Ilhom Alijonov, 20.Husniddin Aliqulov, 22.Sanjar Qodirqulov, 23.Oybek Bozorov (8.Nurillo To'xtasinov, 76).

Zaxira: 12.Mashhurjon Muhammadjonov, 21.Nizomiddin Ziyovutdinov, 5.Dilshod Saitov, 7.Sharof Muxitdinov, 13.Sherzod Nasrullaev, 14.Abrorbek Ismoilov, 15.Oybek Rustamov, 16.Azizbek Amonov, 17.Islom Kenjaboev.

Ogohlantirishlar: Ilhom Alijonov 23

Bu raqamlar qog'ozda psixologik ustunlikni taminlayotgandek. Biroq hozirgi Xitoy jamoasi oldingilaridan farq qiladi — ular natija uchun o'ynaydi, tomoshabin uchun emas.

O'zbekiston U-23 jamoasi guruhdagi o'yinlarda tashabbus, bosim va tezkorlik bilan ajralib turdi. Ammo himoyada “temir devor” qurgan raqibga qarshi bu ustunlik qanday ishlaydi? Sabr, standartlar va individual mahorat hal qiluvchi omilga aylanishi turgan gap.

Qog'ozda ustunmiz. Tarix ham biz tarafda. Endi esa bu ustunlikni maydonda isbotlash qoldi.

Reyting: +3   

Fikrlar

+2   
17 jan 12:56:32
Komilov Muxammad Omar
Иншооллоҳ 3-0 ютамиз.... Болларга ишонамиз
+2   
17 jan 12:12:26
Otabek Sidikov
Бизнинг хужумчилар мустахкам деб каралаетган химояни ериб ташлашади иншоллох.Хитой уйнаган гурухнинг барча уйинларини курдим ва шуни айтаманки бизнинг жамоа анча кучли хужумкор уйин курсатди .Хитойнинг гол утказмаганига сабаб ракиблар хужумчиларининг кучсиз уйнагани сабаб деб биламан.Бугунги уйинда ок буриларга омад тилаб коламиз
+1   
17 jan 13:22:03
Farhod Uktamovich
Омад йигитларга, насиб килса ишончли галаба козониб ишкибозларни хурсанд килишади.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика