So’nggi yangiliklar

22:04АПЛ. "Арсенал" кутилмаганда ўз майдонида мағлуб бўлди, "Тоттенхэм" эса меҳмонда 4та гол урди  12 21:37"Валенсия" — "Атлетико". Альварес ва Гризманн асосий таркибда  4 21:34"Астон Вилла" — "Челси". Асенсио ва Палмер асосий таркибда, Рэшфорд захирада  5 21:14"Торино" — "Милан". Таркиблар маълум  1 20:58Назорат ўйини. "Сўғдиёна" Россия жамоасига мағлуб бўлди  2 20:30Назорат ўйини. "Шўртан" Тожикистон жамоасига мағлуб бўлди  2 20:08"Самсунспор" — "Ризеспор". Алиқулов асосий таркибда  2 19:52Анчелотти ЧЛ қуръасидан сўнг "Атлетико"нинг твити ҳақида: "Твит нима ўзи? Вақтимиз кўпроқ бўлганида тушинтириб берарсиз"  13 19:45АПЛ. "Манчестер Юнайтед" 0:2ни 2:2га айлантирди  48 19:15Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 18:37U20 Осиё Кубоги. Австралия иродали ғалаба билан ЖЧ йўлланмасини қўлга киритди  8 17:54Анри Беллингемнинг сўкиниши ҳақида: "Ким бўлишингдан қатъий назар, бундай дейишга ҳаққинг йўқ"  12 17:23U20 Осиё Кубоги. Сўнгги дақиқалардаги гол Саудия Арабистонини ЖЧга олиб чиқди  10 17:10Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси Кореяга қарши оқ либосда ўйнайди  7 15:23Мессидан автограф олган ҳакам жазоланди  12

"Yaralangan yirtqichlar" to'qnashuvi Yangiliklar

"Yaralangan yirtqichlar" to'qnashuvi

Bugun, 6 mart kuni O'zbekiston Superkubogi-2021 bahsi bo'lib o'tadi.

Unda amaldagi chempion va kubok sohibi "Paxtakor" o'tgan yil kumush medallarni qo'lga kiritgan "Nasaf"ga qarshi kurash olib boradi.

O'zbekiston Superkubogi. Bugun Samarqandda "Ajdarlar" va "SHerlar" to'qnash keladi

O'zbekiston Superkubogi-2021

06.03.2021, 16:00

"Dinamo" stadioni, Samarqand

"Paxtakor" - "Nasaf"

Bosh hakam: Vadim Agishev

Ayni paytda Samarqand shahrida yomg'ir yog'moqda. SHamolning tezligi soatiga 3.7 km/soat.

Samarqand shahridagi havo harorati

12:00. 8 daraja iliq, yomg'irli. SHamolning tezligi soatiga 3.7 km/soat.

16:00. 7 daraja iliq, yomg'ir. SHamolning tezligi soatiga 13.1 km/soat.

O'yin payti ham havo hozirgidek yomg'irli bo'ladi, lekin bu jihat maza qilib futbol ko'rishni istagan muxlislarni stadionga chorlashdan to'sib qo'ymasa kerak.


Taxminiy tarkiblar

"Paxtakor" (4-2-3-1): Sanjar Quvvatov; Hojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Egor Krimec, Farruh Sayfiev; Abror Ismoilov, Sardor Sobirxo'jaev; Sardor Rashidov, Aziz Turg'unboev, Dragan CHeran; Eren Derdiyok.

"Nasaf" (3-4-3): Abduvohib Nematov; G'olib G'aybullaev, Umar Eshmurodov, Husniddin Aliqulov; Jo'rabek Mannonov, Marko Stanoevich, Akmal Mozgovoy, SHerzod Nasrullaev; Oybek Bozorov, Suhrob Nurulloev, Husayn Norchaev.

"Yarador ajdar"

Bir necha mavsumdirki, "Nasaf"da yil boshida qator muammolar yuzaga keladi. Moliyaviy sabablarga ko'ra har yili etakchilar jamoani tark etishi odatga aylanib qoldi. Bu mavsum oldidan ham bu narsa ro'y berdi. Bobir Abdixoliqov Ukrainaning "Rux" klubiga, Islom Kenjaboev J.Koreyaning "Jeju Yunayted" jamoasiga, SHarof Muhitdinov "Paxtakor"ga o'tgan bo'lsa, Dilshod Rahmatullaev hozircha yangi jamoaga o'tgani yo'q. Ammo, u ham qarshiliklar safini tark etgan. Ularning o'rniga esa jamoa faqat bitta transferni amalga oshirdi: "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi Suhrob Nurulloev.

Bu ham etmagandek bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev yaqindagina jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazdi va doim ham jamoa bilan birga bo'lolmayapti. Lekin, "ajdarlar" sarboni kecha mashg'ulotga keldi va bugun o'yinda ham shogirdlari yonida bo'ladi.


"Nasaf"da markaz ancha kuchsizlanib qoldi. Muhitdinov va Rahmatullaev o'rniga hech kim olib kelinmadi. Demak, o'rtaga akademiya tarbiyalanuvchilari jalb qilinadi. Bu katta ehtimol bilan Murodbek Xo'jamberdiev bo'lishi mumkin. Markazda o'ynaydigan yana bir nechta tarbiyalanuvchilar bor, lekin ular tajriba to'plab tayyor o'yinchiga aylanishi uchun vaqt kerak.

Markazdagi muammolardan kelib chiqib taxminiy tarkibda "Nasaf"ni uch markaziy himoyachi bilan o'ynaydi deb taxmin qildim. Bunda o'rtada uch emas, ikki futbolchi etarli bo'ladi: Mozgovoy va Stanoevich. G'olib G'aybullaev, Umar Eshmurodov hamda Husniddin Aliqulov markaziy himoyadagi uchlik bo'lishlari mumkin. G'aybullaev tayanch yarim himoyada ham o'ynay oladi, lekin CHeran va Derdiyokdek baland bo'yli, bosh bilan juda yaxshi o'ynaydigan raqibga qarshi uch himoyachi foydaliroq bo'lsa kerak. Abdixoliqov ketgach, "ajdarlar" hujumida Husayn Norchaev asosiy figuraga aylanadi. Yaqin yillarda Qarshidan yana bir ajoyib hujumchi etishib chiqsa ajab emas, zero Norchaevda potencial bor. Uni yuzaga chiqarish uchun esa tinimsiz mehnat qilmoq darkor.


Raqibi kabi yaralangan "sherlar"

Oxirgi 2 yarim yilda moliyaviy jihatdan hech qanday muammoga duch kelmagan "Paxtakor"da bu mavsum oldidan vaziyat biroz boshqacha. Joriy mavsum klub oldingilari kabi moliyaviy juda baquvvat emas. Kamiga xuddi "Nasaf"dagi kabi qator etakchilar jamoani tark etishdi. Igor Sergeev "Aktobe"ga, Akrom Komilov hamda Vladimir Kozak AGMKga, Javohir Sidiqov va Sadriddin Abdullaev "Lokomotiv"ga ketdi, Dostonbek Hamdamov "Xatta"da, Jaloliddin Masharipov hamda Odil Hamrobekov BAAning "SHabab Al Ahli" jamoasi safida to'p tepmoqda. Ularning o'rniga Sardor Rashidov, AzizTurg'unboev hamda SHarof Muhitdinov olib kelindi. Tarkib jig'atidan ketganlarning salmog'i kelganlarnikidan ko'proq tosh bosadi. Ayniqsa, Masharipov va Hamrobekovning o'rni mavsum davomida juda bilinadi. Sobirxo'jaev va Abror Ismoilov markaziy yarim himoyada Odilning o'rnini bilintirmaslikka urinishi aniq, shuningdek SHarofning jalb qilinishi ham ayni muddao bo'lib chiqdi. Lekin, Hamrobekov bugungi kunda mamlakatimizdagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi edi.


SHer va ajdar jangi

Yo'qotishlarga qaramay "Paxtakor" tarkib, o'yinchilarning klassi va tajribasi jihatdan raqibdan ustun. "Nasaf" esa yosh o'yinchilardagi ishtiyoq va to'g'ri taktika evaziga muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Berdiev va Toshpo'latov bugun shogirdlarini haqiqiy jang qilishga tayyorlay olishlari muhim. Bunday holatda "ajdarlar" maydonda jang qilmasalar g'alaba qozonishlari mushkul. "Paxtakor" esa tajriba nuqtai-nazaridan raqibdan ustun va bu o'yinda ancha qo'l keladi.

Hujumkorlikni yoqtiradigan ikki jamoa to'qnashuvi muxlislarni befarq qoldirmasligi aniq. Demak, yurtimizda katta futbol mavsumini "yaralangan yirtqichlar" uchrashuvi ochib beradi. O'tkazib yubormang!

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика