Yaqindagina xarbiy xizmatni o'tagan Son "Tottenxem" mashg'ulotlariga qaytdi
20 may 2020 12:52
Yangiliklar


Yaqindagina xarbiy xizmatni o'tagan Son "Tottenxem" mashg'ulotlariga qaytdi
Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Son Xyon Min klub ixtiyoriga qaytdi va mashg'ulotlarga kirishdi.
Foto Son Xyon Min bugun uch haftalik harbiy tayyorgarlikni yakunladi
Yaqindagina vatani Janubiy Koreyada 3 haftalik xarbiy xizmatni o'tagan 27 yoshli futbolchi "shporlar" mashg'ulotlariga qaytgani aks etgan suratni o'zining instagram sahifasiga joyladi.
Bundan tashqari, klub matbuot xizmati ham ushbu suratni "Tottenxem"ning tvitterdagi rasmiy sahifasiga joyladi va unga "Qarang, kim qaytdi!", - deb izoh qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, Son Xyon Min joriy mavsum APLda 21ta uchrashuvda maydonga tushgan va 9ta gol urib, 8ta golli pas bergan.
Angliya chempionati turnir jadvali >>>>> APL
O’xshash yangiliklar

Fikrlar