Yaqin yillarning yangi yulduzlari
20 jan 2021 16:05
Yangiliklar
Yaqin yillarning yangi yulduzlari
Futbol olami kundan kunga yangi yulduzlar bilan boyimoqda. Allaqachon yangi asrda tug'ilgan o'yinchilar katta sahnalarni egallashni boshlab yubordi.
Xabaringiz bor, 18 yoshli Ansu Fati "Transfermarkt" portalida 80 million evroga baholanayotgan bo'lsa, "Renn" xavbeki Eduardo Kamavinga 60 millionlik marrani zabt etishga ulgurdi. Bugun etiboringizni katta futbolga endi kirib kelayotgan (2003-2004) avlodning eng qimmatbaho vakillariga qaratamiz.
T/r | O'yinchi | yoshi | qaerlik? | klubi | transfer bahosi |
1 | Jud Bellingem | 17 | Angliya | "Borussiya" (Dortmund) | 27 mln evro |
2 | Rayan SHerki | 17 | Franciya | Lion | 25 mln evro |
3 | Florian Virc | 17 | Germaniya | "Bayer" (Leverkuzen) | 24 mln evro |
4 | Jamol Musiala | 17 | Germaniyada tug'ilgan, Angliya uchun o'ynaydi | "Bavariya" | 10 mln evro |
5 | Yussufa Mukoko | 16 | Germaniya | "Borussiya" (Dortmund) | 10 mln evro |
Yuqorida nomlari keltirilgan vunderkindlar yaqin orada katta o'yinlarni hal qila boshlasa, ajablanmang. SHular kabi umidli futbolchilardan yana kimlarni taniysiz?
Fikrlar