Yaponiyalik tayanch yarim himoyachi "Liverpul"ga o'tmoqda
18 avg 2023 16:53
Yangiliklar
Yaponiyalik tayanch yarim himoyachi "Liverpul"ga o'tmoqda
"SHtutgart" yarim himoyachisi Vataru Endo "Liverpul"ga o'tishga yaqin.
Mashhur Fabricio Romanong xabar berishicha, yaponiyalik xavbek ingliz klubi uchun tibbiy ko'rikdan ham o'tib ulgurdi. Yaqin soatlarda futbolchi APL grandi safiga qo'shilishi kutilmoqda. Transfer summasi 18 million evroni tashkil qiladi va Endo 2027 yilgacha shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli tayanch yarim himoyachisi 2019 yildan buyon "SHtutgart" sharafini himoya qiladi. O'tgan mavsum barcha musobaqalarni inobatga olganda u 40 o'yinda maydonga tushdi.
Fikrlar