Yaponiya OFKni tark etmoqchi
18 okt 2025 13:42
Yangiliklar
Yaponiya OFKni tark etmoqchi
Ushbu qadam Yaponiya futbol associaciyasi (JFA)ning tashkilotdagi firibgarlik va korrupciyaga qarshi noroziligi ortib borayotgani bilan bog'liq.
Iroqning UTV nashri malumotiga ko'ra, JFA Saudiya Arabistonida o'tkazilgan Elit Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasi atrofidagi bahsli qarorlardan so'ng OFKda "badavlat arab mamlakatlari tasiri" kuchayib borayotganidan g'azablanmoqda.
Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubi "Shandun Tayshan" jamoasining musobaqani tark etishi oqibatida turnir jadvalidagi o'rnini yo'qotganidan keyin jiddiy zarar ko'rdi. Shunga qaramay, OFK Kobeni avvalgi voqea uchun 10 ming dollar miqdorida jarimaga tortdi. Bu qaror ikki yoqlama standart sifatida baholandi.
JFA Yaponiya klublari va futbolchilari, jumladan Takefusa Kubo kabi Evropada o'ynaydigan yulduzlar, adolatsiz taqvim va boshqaruv muammolaridan aziyat chekayotganini takidlamoqda.
Manbaning qo'shimcha qilishicha, agar Sharqiy Osiyo tashkiloti tuzilsa, Yaponiyaga boshqa davlatlar, jumladan, Iroq ham qo'shilishi mumkin. Bu harakat Osiyo futbolining hozirgi kuch tuzilmasini larzaga solishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar