Yaponiya murabbiyi: "Yangi maqsad – chorak finalga chiqish"
02 dek 2022 13:34
Yangiliklar


Yaponiya murabbiyi: "Yangi maqsad – chorak finalga chiqish"
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xajime Moriyasu Ispaniya ustidan qozonilgan g'alaba (2:1) va JCH-2022 pley-off bosqichi yo'llanmasini yuqori baholadi.
"Barcha muxlislarimizga, yapon xalqiga qo'llab-quvvatlaganliklari uchun katta rahmat. Sizning sharofatingiz bilan biz ushbu qiyin o'yinda g'alaba qozona oldik. Barchaga bu g'alabani taqdim eta olganimimizdan xursandman, endi yangi maqsad – chorak finalga chiqish.
Futbolchilarimiz jahon arenasida o'zgacha kurash saviyasini ko'rsatishmoqda va biz 1/4 finalga yo'l olib, o'z rekordimizni yangilashni istaymiz", – dedi Xajime Moriyasu.
Malumot o'rnida, Yaponiya 1/8 finalda Xorvatiya bilan o'ynaydi. Bahs 5 dekabr kuni 20:00 ga belgilangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar