Yaponiya J-ligasi 4 iyul kuni restart oladi
29 may 2020 18:46
Yangiliklar
Yaponiya J-ligasi 4 iyul kuni restart oladi
Yaponiya milliy chempionati 4 iyuldan qayta boshlanishi malum qilindi.
Bu haqda J-liga rahbari Mitsuru Murai o'z intervyusida aytib o'tdi. Avvaliga chempionatni 26 iyundan davom ettirish ko'zda tutilgandi, biroq klublar tayyorgarlik uchun ko'proq muddatga ega bo'lishlari uchun 4 iyulga surildi.
SHunday qilib klublar bo'lajak rasmiy o'yinlarga 5 hafta tayyorgarlik ko'rishadi. Malumki, J-liganing navbatdagi mavsumi 21 fevral kuni start olgan, biroq koronavirus tufayli 26 fevralda to'xtatib qo'yilgandi.
J-liga restart olgach, dastlabki turlar muxlislarsiz o'tkaziladi, lekin keyinchalik odamlarni stadionga kiritish rejalashtirilmoqda. Bu haqda yakuniy qaror 15 iyun kuni qaror qabul qilinadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar