Yaponiya futbol associaciyasi prezidenti va OFK ijroiya qo'mitasi azosi ham koronavirusga chalindi
17 mar 2020 16:07
Yangiliklar
Yaponiya futbol associaciyasi prezidenti va OFK ijroiya qo'mitasi azosi ham koronavirusga chalindi
OFKdagi futbol rahbarlaridan biri ham koronavusga chalindi.
Aniqrog'i, Yaponiya futbol associaciyasi prezidenti va OFK ijroiya qo'mitasi azosi Kozo Tashima ham koronavirusga chalindi.
Uning virus uchun topshirgan testi ijobiy chiqdi. Tashima fevral oyining oxiridan mart oyining boshlariga qadar Angliya, Niderlandiya va AQSHga rasmiy ish tashrifi bilan borgan edi.
62 yoshli rahbar o'z vaqtida Yaponiya terma jamoasida ham o'ynagan.
Fikrlar