Yaponiya "Al Vahda"ni yirik hisobda mag'lub etdi
06 jan 2019 16:38
Yangiliklar
Yaponiya "Al Vahda"ni yirik hisobda mag'lub etdi
O'zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi raqibi kecha nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Kecha "samuraylar" BAAning "Al Vahda" klubi bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi. Yopiq o'tgan bahsda Yaponiya 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, "Al Vahda" OCHL-2019 guruh bosqichida O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" klubi bilan o'ynaydi.
Yaponiya esa Osiyo Kubogini 9 yanvar kuni Turkmanistonga qarshi o'yin bilan boshlaydi.
Fikrlar