Yap Stam van Deykni APL tarixidagi eng yaxshi himoyachi deb hisoblamaydi
20 dek 2024 00:51
Yangiliklar
Yap Stam van Deykni APL tarixidagi eng yaxshi himoyachi deb hisoblamaydi
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Yap Stam APLning eng yaxshi markaziy himoyachilarini tanladi.
- Ayni damdagi eng yaxshi himoya juftliklari - Gabriel Magalyaes – Vilyam Saliba hamda Virjil van Deyk – Ibraima Konate. Van Deyk dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri, Gabriel va Saliba uning darajasiga chiqishga harakat qilmoqda.
- Van Deykni APL tarixidagi eng yaxshi himoyachi desak bo'ladimi?
- Ayrim muxlislar uni shunday atashmoqda, lekin men bunday demagan bo'lardim. CHunki muxlislar 20-25 yil oldingi vaqtlarni esdan chiqarmasligi va o'sha paytlardagi himoyachilarni ham yodga olishlari kerak.
Balki, solishtirish noto'g'ridir, bizning davrimizda markaziy himoyachilar jasurroq edilar. Van Deyk uchun xursandman. Biz niderlandiyalikmiz. Lekin uni APL tarixidagi eng yaxshi himoyachi deb ayta olmayman, - dedi Stam.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar