So’nggi yangiliklar

04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  0 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  0 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  100 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  2 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  1 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0 23:23Элдор Мойлиев: "2003-2004 йилда туғилган футболчини ёш ҳам деб бўлмайди"  0 23:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Видад Касабланка"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов ўйнамади  34 22:30Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" пенальтилар сериясида "Қўқон-1912"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди  15 21:58U21 биринчилиги. Дербида "Пахтакор" ғолиб, "Навбаҳор" Қаршида ғалабага эришди ва бошқа натижалар (+ЖАДВАЛ)  2 21:54Бўш стадионлар борасидаги эътирозлар фонида ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ чипталари сотуви жуда яхши кетаётгани ҳақида хабар берди  2 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  1 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  4 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   12 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1

Yap Stam 45 yoshga to'ldi FOTO Yangiliklar

Yap Stam 45 yoshga to'ldi FOTO

Teglar :  Yap StamGollandiya
Gollandiyalik sobiq himoyachi Yap Stamning tug'ilgan kuni.
 



Yap Stam haqida qisqa malumot:

Tug'ilgan sanasi: 1972 yil, 17 iyul.
Tug'ilgan joyi: Kampen, Gollandiya.
Bo'yi: 191 sm
Poziciyasi: markaziy himoyachi
O'ynagan jamoalari: "Kampen" (1991-1992), "Zvolle" (1992-1993), "Kambyur" (1993-1995), "Villem 2" (1995), PSV (1996-1998), "Manchester Yunayted" (1998-2001), "Lacio" (2001-2004), "Milan" (2004-2006), "Ayaks" (2006-2007).
Terma jamoadagi faoliyati: Gollandiya (1996-2004)
Hozirgi ish joyi: "Reding" (bosh murabbiy)



Yap Stam haqida ikki og'iz. Stam o'z futbolchilik faoliyatini markaziy himoyachi rolida o'tkazgan. Uzun bo'yli himoyachi har qanday hujumchi uchun haqiqiy to'siq bo'lgan. Uning havodagi kurashdagi ustunligi, raqibi o'yinini "o'qiy" olish qobiliyati juda yuqori edi.

Stamda nafaqat bo'y, jismoniy kuch, aql, balki himoyachilarga hos vajohat bor edi.

Yap Stam o'zining futbolchilik faoliyatini havaskor jamoa "Kampen"da boshlagan. Stamning professionali faoliyatidagi debyuti "Zvolle" safida bo'lgan. Ushbu jamoada bir yil to'p tepgan Stam keyingi mavsumdan "Villem" jamoasida paydo bo'ladi. Bu jamoa safida o'zining ishonchli o'yinlari bilan ko'pchilikda iliq taassurotlar qoldirishni boshlaydi. "Villem" bilan o'sha yildagi evropaning eng kuchli jamoasi bo'lgan "Ayaks"ni yutishga muvaffaq bo'lgan. Aynan o'sha bellashuvda Stamning ishonchli va yorqin o'yini "Villem"ning g'alabasiga zamin yaratgandi. SHundan so'ng Stam PSV jamoasi qiziqishlari doirasiga kirib qoladi va yangi mavsumda eyndxovenliklar Stamni qo'lga kiritishadi.
Yap Stam PSV safida Gollandiya chempionligi, Gollandiya kubogi  va ikki marta superkubokda zafar quchadi.
Aynan PSVdagi faoliyati davomida Stam Gollandiyada yilning eng yaxshi futbolchisi degan nomga munosib ko'riladi.

Yap Stam uchun keyingi bekat Angliyaning Manchester shahri bo'ladi. PSVdagi o'yinlari orqali Yap Stam ser Aleks Fergyussonning etirofiga tushadi va 1998 yilda "Yunayted" gollandiyalik hhimoyachini 16,7 million evro evaziga sotib oladi. Aynan o'sha paytda Stam futbol tarixidagi eng qimmat himoyachi bo'ladi. Qo'shimchasiga Stam ushbu transferdan so'ng gollandiyalik charm to'p ustalari orasida eng qimmat futbolchiga aylanadi.



Yap Stam o'zining eng yorqin va ajoyib damlarini aynan "Manchester Yunayted"da o'tkazishga muvaffaq bo'lgan.
Stam "Yunayted" bilan birgalikda uch marta Angliya chempioni, Angliya kubogi sohibi va 1999 yilda Evropa chempionlar ligasida g'olib bo'lish baxtiga muyassar bo'ladi.



Qahramonimizning Manchesterdagi faoliyati 2001 yilga kelib yakunlanadi. SHundan so'ng futbolchi Italiyaga yo'l oladi. "Lacio" va "Milan" sharafini himoya etgan Stam sovrinlar yutishda muammolarda duch keladi. Italiyadagi faoliyati davomida faqatgina bir marta "Lacio" bilan Italiya kubogida g'oliblik qo'lga kiritiladi.


Yap Stamning erishgan yutuqlari:

- Gollandiya kubogi sohibi (1996, 2007)
- Gollandiya chempioni (1997)
- Gollandiya superkubogi sohibi (1996, 1997, 2007)
- Angliya chempioni (1999, 2000, 2001)
- Evropa chempionlar ligasi g'olibi (1999)
- Angliya kubogi (1999)
- Qitalararo kubogi sohibi (1999)
- Italiya kubogi sohibi (2004)
- Evropa chempionati bronza medali sohibi (2000)

SHaxsiy yutuqlari:

- Gollandiyaning eng yaxshi futbolchisi (1997)
- Evropaning eng yaxshi himoyachisi (1999, 2000)


Yap Stam terma jamoa safida 63 o'yinda maydonga tushgan va 3ta gol kiritgan. SHuningdek, Stam himoyachi bo'lishiga qaramasdan o'zi o'ynagan barcha jamoalar safida gol urishga muvaffaq bo'lgan



Bu esa hozirgi Yap Stam. Qahramonimiz "Reding"da bosh murabbiy sifatida ishlamoqda.


SHahboz Beg'amov

Muallif :
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика