So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпуль"нинг боши қотган  1 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  5 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  14 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

Yanvar oyidan licenziyalash jarayonlari boshlanadi - O'zPFL Yangiliklar

Yanvar oyidan licenziyalash jarayonlari boshlanadi - O'zPFL

OFK nazorati ostida har yili professional futbol klublarini licenziyalash jarayoni o'tkaziladi.

Undan ko'zlangan asosiy maqsad – futbol klublarining professional maqomga mos ish yuritishini taminlash, klublar infratuzilmasini yaxshilab borish sanaladi.

O'zPFL bu borada OFK bilan keng muloqotga kirishayotgani, licenziyalash jarayoniga jiddiy ahamiyat berayotgani malum. O'zbekiston yuqori divizion bilan birgalikda ikkinchi darajali musobaqa klublarini ham licenziyalashdan o'tkazadigan qitaning kam sonli mamlakatlardan biri sanaladi. Harakatlar samara berayotganini etirof etish darkor.

2023 yildan OFK klublar musobaqalarini kuz-bahor davrida o'tkazadi. SHundan kelib chiqib, licenziyalash jarayoni muddatlariga ham o'zgartirishlar kiritildi. Ilgari oktyabrda yakuniy natijalar elon qilingan bo'lsa, endilikda OFK licenziyasini qo'lga kiritgan klublar nomi may oyida malum bo'ladi.

O'z-o'zidan 2023 yilning yanvar oyidan licenziyalash jarayonlari start oladi. Unda Superliga hamda Pro liga ishtirokchi jamoalari qatnashadi. Klublar yanvar va fevral oylarida sport, infratuzilma, personal (ishchi-xodimlar va murabbiylar) hamda huquqiy mezonlar bo'yicha hujjatlar to'plamini AFC CLAS onlayn platformasiga yuklaydi. Mart va aprel oylarida esa moliyaviy mezon bo'yicha hujjatlar taqdim etiladi. May oyi so'ngida licenziyalash natijalari malum bo'ladi.

Malumot uchun, ushbu licenziyalash 2023 yilning avgust oyida start oladigan CHempionlar ligasi yangi mavsumida ishtirok etuvchi klublar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki qita futbol uyushmasi aynan licenziyalash natijalariga ko'ra OFK licenziyasini qo'lga kiritgan klublargagina musobaqada qatnashishga ruxsat beradi. SHundan kelib chiqib, AGMK, "Paxtakor", "Nasaf" va "Navbahor" CHempionlar Ligasida to'p tepishi uchun licenziya qo'lga kiritilishi shart.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика