So’nggi yangiliklar

09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  0 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  0 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  0 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  2 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  1 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  3 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  6 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  27

Yanvar oyida amalga oshishi mumkin bo'lgan 25 transfer Yangiliklar

Yanvar oyida amalga oshishi mumkin bo'lgan 25 transfer

2021/22 yilgi mavsum o'rtasida amalga oshishi mumkin bo'lgan eng yaxshi transferlarni ko'rib chiqamiz.

Yanvar oyi butun Evropadagi futbol klublari uchun transfer oynasi ochilishi va oldi-sotdilarni amalga oshirish uchun muhim davr hisoblanadi.

Mavsum o'rtasida ko'plab o'yinchilar o'z poziciyasi mos keladigan jamoalarga etibor qaratishadi, klublar esa o'z tarkiblarini kuchaytirishga intilishadi.

Keling, yanvar oyida amalga oshishi mumkin bo'lgan eng yaxshi 25 ta transferni ko'rib chiqamiz.


Kristian Pulishich (CHelsi)

O'z vaqtida "Ajabtovur yigit" nomi bilan tanilgan amerikalik futbolchi Kristian Pulishich 2019 yilda "CHelsi"ga o'tganidan beri yorqinligi pasaygandek ko'rinmoqda.

U doimiy jarohatlar bilan kurashib kelmoqda, bu esa futbolchiga har doim barqaror o'yin namoyish etishga to'sqinlik qilmoqda. Hozirda bir qator grand jamoalar yarim himoyachini kuzatib borishmoqda.


Kilian Mbappe (PSJ)

Agar parijliklar yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erisha olmasalar, Kilian Mbappe ushbu yozda erkin agentga aylanadi.

Madridning "Real" klubi franciyalik jahon chempioni bilan shartnoma imzolash istagida, ammo yozda ularning taklifi rad etildi. PSJ futbolchini tekinga qo'yib yuborishni istamasa, yanvarda shartnoma yoki transfer borasida jiddiy shug'ullanishi lozim.


Kristian Eriksen (erkin agent)

Kristian Eriksen "Inter" bilan shartnomani bekor qilgandan so'ng erkin agent sanaladi va o'ziga yangi klub izlamoqda.

Daniyalik futbolchi yuragiga o'rnatilgan defebilator qurilmasi tufayli Italiyada o'ynay olmaydi. Xabarlarga ko'ra, futbolchi APLga qaytishi mumkin, ammo "Ayaks" yarim himoyachi uchun potencial maqsad sifatida etirof etilmoqda.


Aaron Remzi (Yuventus)

"Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Aaron Remzi "Yuventus"ni tark etmoqchi, futbolchiga Patrik Vieyra boshqaruvidagi "Kristal Pelas" klubi qiziqish bildirmoqda. Uels terma jamoasi futbolchisi Premer-ligaga qaytishi kutilmoqda va "kanonirlar" ham o'zlarining sobiq yulduzlaridan biriga "og'iz solib ko'rish"i mumkin.


Antoni Marsial (Manchester Yunayted)

"Manchester Yunayted" hujumchisi Antoni Marsial "Old Trafford"ni tark etmoqchi ekanligini va agar agenti rozi bo'lsa, yanvar oyida jamoani tark etishi mumkinligini aytdi.

Franciyalik futbolchi "qizil iblislar" asosiy tarkibidan joy egallay olmayapti hamda o'z karerasini boshqa klubda, "Nyukasl Yunayted", "Yuventus" yoki "Sevilya"da davom ettirishi mumkin.


Dele Alli (Tottenxem)

Dele Alli "Tottenxem"dagi faoliyatining dastlabki davrida Premer-ligada bo'ron singari maydonda kezdi, ammo so'nggi yillarda jarohatlar o'z tasirini o'tkazdi. Bir vaqtlar kelajagi porloq deya etirof etilgan hujumkor yarim himoyachiga "Everton" va "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda.


Pol Pogba (Manchester Yunayted)

Franciya terma jamoasi bilan jahon chempionati g'olibi bo'lgan va barcha davrlarning eng qimmat futbolchilaridan biri hisoblanadigan Pol Pogba "Manchester Yunayted"dagi o'rnini topa olmayapti hamda klubni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar tobora kuchaymoqda. Uning shartnomasi shu yozda yakunlanadi, yarim himoyachiga "Yuventus" davogarlik qilmoqda, avvalroq "Real Madrid" ham qiziqish bildirgandi.


Erling Holand (Borussiya Dortmund)

Hozirda dunyoning eng yaxshi yosh hujumchilaridan biri Erling Holand ko'plab top-klublarning ro'yxatida.

"Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" ushbu poygada peshqadamlik qilmoqda, biroq "CHelsi" ham ulardan qolishgani yo'q. Dortmundning "Borussiya" klubi esa Xolandni katta miqdordagi summada pullamoqchi, shu bois uni yanvarda sotib olish bo'yicha harakatlar yozgacha cho'zilishi mumkin.


Per-Erik Obameyang (Arsenal)

Per-Emerik Obameyang 2021-22 yillarda "Arsenal" sardori bo'lgan, biroq Mikel Arteta intizomiy qoidabuzarlik tufayli uni ushbu bog'ichdan mahrum qildi. Endi u "Emireyts"ni tark etishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, "Barselona" hujumchiga qiziqish bildirmoqda, ammo Kataloniya klubi bilan kelishuv qanday yakun topishi nomalum. Yaqinda milliarder klubga aylangan "Nyukasl Yunayted" ham gabonlik forvardni qo'lga kiritishni maqsad qilgan.


Matteys de Ligt (Yuventus)

Futbol agenti Mino Rayola o'z mijozi Matteys de Ligtning yozda "Yuventus"ni tark etishi mumkinligiga ishora qildi, ammo u yanvar oyida ham klublarning diqqat markazida bo'ladi. Xabarlarga ko'ra, "CHelsi" himoyachiga qiziqish bildirmoqda, Rayola esa niderlandiyalik futbolchi "Barselona", "Real" yoki PSJ kabi klublardan birining safiga o'tishi mumkinligi haqida gapirdi. Biroq qishki mavsumda uning transferi amalga oshish-oshmasligi nomalum.


Serjino Dest (Barselona)

"Barselona" moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda, bu esa bir qator o'yinchilarni sotishni talab qiladi va Serjino Dest klub xayrlashishga tayyor bo'lgan futbolchilar qatoriga kiradi. Xabar qilinishicha, avvalroq "Ayaks"da o'ynagan himoyachiga "CHelsi" qiziqish bildirmoqda.


Edinson Kavani (Manchester Yunayted)

"Adashgan o'g'il" — Krishtianu Ronalduning "Old Trafford"ga qaytishidan oldin Edinson Kavani "Manchester Yunayted"ning 7-raqamli libosida o'zini yaxshi his qilayotgandi.

Transfer amalga oshgandan beri urugvaylik futbolchining asosiy jamoada o'ynash imkoniyatlari cheklandi va bu klubni tark etishga davat bo'lmoqda. "Barselona" hujumchiga qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.


Aleksandr Lyakazett (Arsenal)

Aleksandr Lyakazett 2017 yilda "kanonirlar" safiga qo'shilgach, unga ulkan ishonch bildirilgandi, ammo uning SHimoliy London klubidagi faoliyati mazmunli chiqmadi.

Undagi sermahsul ko'ngildagidek emas hamda hozirda jamoa sardori bo'lishiga qaramay, hujumchi Londonni tark etishni o'ylamoqda.


Dushan Vlahovich (Fiorentina)

"Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlahovich A Seriyada gol urish mahoratini ko'z-ko'z qilmoqda hamda "Oltin butsa" uchun Robert Levandovski bilan kurash olib blrmoqda.

Vlahovichning shartnomasi 2023 yilda yakunlanadi, shu bois "Fiorentina" yaxshigina daromadga ega bo'lishi uchun hujumchini yanvarda yoki yozda sotib yuborishi mumkin.


Jessi Lingard (Manchester Yunayted)

O'tgan mavsumda "MYU"dan ijara asosida "Vest Xem"ga o'tgan Jessi Lingard faoliyatini qayta tiklagandek tuyulgandi, biroq u "Old Trafford"ga qaytgach, yana avvalgi holiga qaytdi. Ralf Rangnikning unga bo'lgan ishonchi hozircha nomalum. Klubning sobiq murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Lingard jamoaning bir qismi bo'lib qolishini aytgandi, ammo hozir hammasi telba-teskari bo'lib turibdi.


Antonio Ryudiger (CHelsi)

Tomas Tuxel shartnomasi kelasi yozda yakunlanadigan Antonio Ryudiger bilan yangi bitim tuzilish yoki tuzilmasligi to'g'risida batafsil malumot berishdan bosh tortdi, ehtimol, markaziy himoyachi "Stemford Brij"da qolishi mumkin.

Tajribali himoyachiga "Real", "MYU" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirmoqda.


Frank Kessie (Milan)

Frank Kessiega "Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte shaxsan etibor qaratgan hamda yarim himoyachi "Milan" bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erisha olmayotgani sababli A Seriyani tark etishi mumkin.

Kessiening amaldagi shartnomasi yozda tugaydi, biroq u yanvardagi transfer oynasida Milanni tark etadimi yoki yo'qmi, bunisi nomalum.


Donni van de Bek (Manchester Yunayted)

Bir paytlar "Ayaks" jamoasida yorqin yulduzga aylangan Donni van de Bek o'z darajasini yuqori pillapoyaga olib chiqish umidida "Manchester Yunayted"ga tashrif buyurgandi.

Biroq Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi jamoada asosiy tarkibdan o'rin egallashga qiynalmoqda va bu "Old Trafford"ni tark etishga undamoqda. Aprel oyida 25 yoshga to'ladigan yarim himoyachiga "Bavariya" va "Nyukasl Yunayted" qiziqish bildirmoqda.


Antuan Grizmann (Atletiko)

Antuan Grizmann ushbu mavsumda "Barselona"dan ijara asosida "Atletiko Madrid"ga qaytdi.

"Matraschilar"da ijara muddatini uzaytirish yoki jahon chempionini sotib olish imkoniyati mavjud bo'lsa-da, bazi manbalar uning APLga yo'l olishi mumkinligini takidlashmoqda, xususan, "Tottenxem" Antuanga qiziqish bildirmoqda.


Usmon Dembele (Barselona)

Franciya terma jamoasi futbolchisi Usmon Dembele Dortmundning "Borussiya"sidan "Barselona"ga o'tganida, Kataloniyada Neymarning o'rinbosari sifatida katta umidlar bildirilgandi, biroq forvardning bu umidlarin oqlashiga bir qator jarohatlar to'sqinlik qildi hamda unga sarflangan katta mablag' o'zini oqlamadi.

Uning shartnomasi yozda yakunlanadi. SHu bilan birga, hujumchi transferi atrofida grand klublar, jumladan, "Parij Sen-Jermen" va "Manchester Yunayted" girdikapalak bo'lmoqda.


Deyan Kulusevski (Yuventus)

Endigina 21 yoshni qarshilagan Deyan Kulusevski A Seriyadagi eng yuqori reytingga ega yosh o'yinchilardan biri sanaladi.

Uning "Yuventus"dagi o'yinlari Angliyaning "Tottenxem" va "Arsenal" klublarining etiboriga sazovor bo'ldi, turinliklar esa shveciyalik futbolchini yanvar oyida qo'yib yuborish uchun 35 million evro talab qilmoqda.


Xuan Mata (Manchester Yunayted)

Faxriy pleymeyker Xuan Mata "Manchester Yunayted"dagi sarguzashtini 2022 yilda yakunlamoqchi, unga yaxshi taklif tushsa, ispaniyalik yarim himoyachi jamoani tark etadi.

Futbolchi La Ligaga qaytish ehtimolidan yiroq emas, unga "Real Sosedad" qiziqish bildirmoqda, "Barselona" esa o'yinchining tajribasidan foydalanishi mumkin.


Jordan Veretu (Roma)

Franciyalik futbolchi Jordan Veretu Angliyaga qaytishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, "Nyukasl Yunayted" yarim himoyachini yanvar oyida "Roma"dan sotib olmoqchi. Veretu 2017/18 yilgi mavsumda A Seriyaga ko'chib o'tganidan beri "Fiorentina" va "Roma" sharafini himoya qildi.


Serdar Azmun (Zenit)

Azmunga "Lion" "sovchi" yuborgan. Francuzlar yozgi transferlar oynasini kutishni istamayapti va hujumchi uchun 4 million evro taklif qilmoqda. Biroq peterburgliklar ham o'rinbosar topmasdan turib, jamoa etakchisini qo'yib yuborishni istamayapti.


Rafinya (Lids Yunayted)

"Lids Yunayted" APLda ko'proq jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan bo'lsa-da, Rafinya o'zini ko'rsatishda davom etmoqda. Braziliyalik yarim himoyachi 2021/22 yilgi mavsumda gollari bilan ko'pchilikning etirofiga sazovor bo'ldi. U joriy mavsum APLda 8 ta gol urishga erishdi. "Liverpul" Rafinyani yanvar oyidayoq sotib olmoqchi, "Bavariya" skautlari ham futbolchining o'yinlarini muntazam ravishda kuzatib bormoqda.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика