Yanuzay LaLiganing birinchi turida "Real Sosedad" safida debyut qila olmasligi mumkin
19 avg 2017 18:14
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/272557_original.jpg)
![](/upload/storage/272557_220.jpg)
Yanuzay LaLiganing birinchi turida "Real Sosedad" safida debyut qila olmasligi mumkin
Yarim himoyachi Adnan Yanuzay "Selta"ga qarshi bo'lib o'tadigan Ispaniya chempionatining birinchi tur uchrashuvida "Real Sosedad"ga yordam bera olmaydi.
22 yoshli belgiyalik chap sonidagi og'riq tufayli o'z jamoasining mashg'ulotini o'tkazib yubordi. MRT natijalariga ko'ra, jiddiy jarohat yo'q, ammo Vigo shahri jamoasi bilan bahsni Adnan o'tkazib yuboradi.
Yanuzay joriy yozda "Manchester Yunayted"dan "Real Sosedad"ga o'tdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar