So’nggi yangiliklar

03:08А Серия. Хойлунднинг дубли "Наполи"га "Ювентус" устидан ғалабани тақдим этди  10 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди  109 01:31Бундеслига. "Боруссия" ўз майдонида "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 23:16“Арсенал” собиқ ўйинчиси “Аякс”га йўл оладими?  0 22:09"Арсенал" "Реал"дан "Ювентус" юлдузини тортиб олмоқчи  3 21:08А Серия. "Рома" 82-дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб меҳмонда "Кальяри"га мағлуб бўлди  4 20:39"Барселона" Ольмони нима учун операция қилишни истамаётгани маълум бўлди  0 19:34"Севинч"га Ўзбекистон кубогини тантанали топшириш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 18:36Пеле ва Марадона чемпионликни нишонлаган, томи тўлиқ йиғиладиган, 1,4 млрд долларга тушган лойиҳа: Ўзбекистоннинг тарихий учрашувларига мезбонлик қиладиган 3 та стадион  1 17:58"Футбол олами". 2025 йилнинг сўнгги кўрсатуви  4 17:05Икки футболчи "Реал"ни тарк этиши мумкин  14 16:19Аёллар. "Севинч" "Қизилқум-W"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги-2025ни қўлга киритди  3 15:42ЖЧдаги рақибимиз Колумбия Франция билан ўртоқлик ўйини ўтказади  17 14:43"Ал Иттиҳод" ва "Ал Ҳилол" Салоҳ трансфери учун 80-100 млн евро тўлаши мумкин  2 13:33"Челси" Дисасини "Лион"га ижарага бериши мумкин. Ҳимоячи бу мавсумда ҳали ўйнамади  0

Adnan Oraxovac: "O'zbek klublaridan taklif oldin ham bo'lgan, Tailandda klublar Braziliyadan legioner oladi, Filiposyan uydan osh olib kelgan" Yangiliklar

Adnan Oraxovac: "O'zbek klublaridan taklif oldin ham bo'lgan, Tailandda klublar Braziliyadan legioner oladi, Filiposyan uydan osh olib kelgan"

Uni o'zbekistonlik muxlislar "Paxtakor" va "Dinamo"dagi faoliyati bilan yaxshi tanishadi.

2014 yil yakunida Boyan Miladinovich "Paxtakor"ni tark etgan, "sherlar" rahbariyati esa uning o'rniga chernogoriyalik Adnan Orahovacni taklif qilgandi. Himoyachi o'rtamiyona bo'lishiga qaramay dastlabki mavsumida klub bilan chempionlikni qo'lga kiritgandi. Bizdagi malumotlarga ko'ra, unga bugungi kunda ham Superliga klublari qiziqish bildirmoqda. O'zida ko'rishni istayotganlar yo'q emas. Xo'sh, Adnan Orahovac O'zbekistonga qaytadimi? Bu borada to'p tepar bilan batafsil suhbatlashdik. 

- O'zbekistondan so'ng Tailandda uzoq vaqt to'p tepdingiz ayniqsa "Prachuap"da. Bugungi kunda nimalar bilan bandsiz?

- Albatta Tailandda oz emas, ko'p emas 5 yil to'p tepdim. Hozirgi kunda oilam davrasida hordiq chiqarmoqdaman. Formamni ushlab turish uchun uyda individual shug'ullanyapman. Bu orada yangi takliflarni kutmoqdaman. 

- Artyom Filiposyan bilan "Prachuap"da birga o'ynagansiz. O'sha vaqtda Artyom yoshi katta futbolchi sifatida jamoaga borgandi. Uning qaysi sifatlarini hurmat qilasiz?

- Artyom bilan birga klubda yaxshi davrlarni o'tkazdik. Hozir ham haligacha aloqalarimizni saqlab qolganmiz. Tez-tez suhbatlashib turamiz. Artyom juda yaxshi inson. Futbolchi sifatida haqiqiy professional xarakterga ega. Mashg'ulotdami, o'yindami 200 foiz kuchini ishga solishga odatlangan. Uning bu hislatlarini qadrlagan bo'lardim. 

- Hamma mamalakatda futbol rivojlanayotganini ko'rib turibmiz. Tailandda futbolning aynan qaysi bo'g'ini yoki qismi rivojlanmoqda, deyish mumkin? 

- Tailandda futbol juda yaxshi darajada. Har bir klubning smetasi katta. SHunga yarasha legionerlar olishadi, ularning aksariyatini braziliyaliklar tashkil qiladi. 

- "Paxtakor" orqali muxlislarga tanilgansiz. Aytingchi bu klub bilan sizni nima bog'lab turadi? 

- Bu jamoada 2,5 yil to'p tepdim. Qanday qilib unutish mumkin? "Paxtakor" katta klub, ulkan tarixga ega. Jamoaga kelgan debyut yilimdayoq chempion bo'lganim yodimda. Har bir o'yinda maydonga tushgandim, gollar ham urganman. Klubda meni hurmat qilishardi. U erdagilar, O'zbekistondagi do'stlarim bilan iliq munosabatlarimiz saqlanib qolingan. 

- Bir necha yil oldin suhbatlashganimizda Tailandda uzoq vaqt qolishni istayotganingizni aytgan edingiz. O'sha paytda ham o'zbek klublari taklif bilan chiqqan. Hozirgi chorlovlar sizni qiziqtiradimi?

- Avval ham chorlovlar kelgan. Tailandda moliyaviy jihatlarini o'ylab, oilam uchun ishlab olish maqsadida qolgandim. Hozir erkin agentman. Agar takliflar bo'lsa albatta qiziqib ko'raman. O'zbekistonda o'ynashdan, do'stlarimni ko'rishdan xursand bo'laman. 

- "Buxoro" va "Bunyodkor" takliflari rostmi?

- Bu borada hech narsa ayta olmayman. Agentlar ish olib borishadi, men qaytishga tayyorman. 

- O'zbekistonni sog'inganda ko'z oldingizga keladigan 3ta narsa nima?

- Do'stlar, taomlar, futbol muhiti. 

- Taom haqida gap ochdingiz. So'nggi marotaba qachon palov edingiz?

- Artyom Filiposyan bilan o'ynaganimda u uyidan Tailandga palov olib kelgandi (kuladi). 

- CHempionlik uchun kimda imkoniyat katta?

- Kurash "Paxtakor" va "Navbahor" o'rtasida o'tgan yilda bo'lgani kabi oxirgi turgacha kechadi. Ularda kuchli jamoa bor. Lekin "Nasaf"ni ham hisobdan chiqarish kerak emas. Ularda yoshlardan iborat yaxshi jamoa shakllangan.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика