So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

“Yangier”ning g'alaba qozonishiga muxlislar etishmadi...mi? Yangiliklar

“Yangier”ning g'alaba qozonishiga muxlislar etishmadi...mi?

Kecha O'zbekiston chempionati 1-ligasida ishtirok etayotgan klublar 3-tur uchrashuvlarini o'tkazishdi.

Ushbu tur doirasida Yangier shahrining “Yangier” jamoasi G'allaorolning “G'allakor-Barsa” klubini qabul qildi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuntopdi. Hozir o'yin haqida emas, balki uchrashuv atrofida yuz bergan holatga etibor qaratmoqchimiz.

SHu kuni “Yangier” stadioniga muxlislar kiritilmadi. Bunga sabab sifatida favqulotda vaziyatlar xodimlari stadionning g'arbiy tribunasining 2-qavati talabga javob bermaydi, deb hisoblashgan. O'zPFL saytida elon qilingan qaydnomada yozilishicha, “Yangier” – “G'allakor-Barsa” bahsiga 76 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Ushbu raqamda aks ettirilgan muxlislar soni jamoalar azolari, stadion ishchi xodimlari va tartib posbonlari vakillarini tashkil etgan bo'lsa kerak. Biroq stadion tashqarisida yig'ilgan 3-4 ming muxlis uchrashuvni ko'rolmay, ko'chada turib-turib, kutib-kutib ko'ngillari xira xolda uylariga tarqashdi.

Xayron qolasan kishi, muxlislarsiz futbol kimga kerak? Axir “Yangier” stadionining bir qavatdan iborat sharqiy tribunasi to'liq tayyor ediku! Balki sevimli jamoamizning g'alaba qozonishiga, biz – muxlislarning daldasi etishmagandir...

Umid qilamizki, 16 aprel sanasida o'tkaziladigan “Yangier” – “Zomin” uchrashuvigacha muammolar bartalaf etilib, “Yangier” stadioniga muxlislar tashrifi taminlanadi.

Nodir Toshtemirov,
Yangier shahridan

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика