"Yangier" va "SHo'rtan"ning qaysi futbolchilari totalizatorda ishtirok etgan?
31 may 2021 13:19
Yangiliklar
"Yangier" va "SHo'rtan"ning qaysi futbolchilari totalizatorda ishtirok etgan?
Ular 6 oydan 1 yil muddatgacha futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlatildi. Tashkilot matbuot xizmati tomonidan elon qilingan xabarda totalizatorda ishtirok etgan shaxslarning nomi oshkor qilinmadi. SHundan keyin har ikki klub 29 may kuni Pro ligada 9-tur uchrashuvlarini o'tkazdi. Mazkur o'yinda maydonga tushgan futbolchilar ro'yxatini oldingi uchrashuvlar qaydnomasi bilan solishtirib ko'rdik.
"SHo'rtan"ning "Oqtepa" bilan o'yin uchun qaydnomasida oldingi uchrashuvlarda maydonga tushgan 5 nafar futbolchiga joy topilmagan: Akmal Rahimov (darvozabon), Islom SHodmonov (yarim himoyachi), Akrom Bahromov (himoyachi), SHerbek Eshmurodov (himoyachi). Jahongir Qurbonboev (yarim himoyachi).
"Yangier"ning "Xorazm" bilan o'yin uchun qaydnomasida oldingi uchrashuvlarda maydonga tushgan 3 nafar futbolchiga joy topilmagan: Xurshidbek Asqaraliev, Bunyod Abdumannonov, Jonibek Mirzaqulov. SHuningdek, ushbu bahsni sirdaryoliklar darvozaboni Husan Olimjonov ham o'tkazib yubordi. U 8-tur bahsida qizil kartochka olgan edi.
Fikrlar