“Yangier-quruvchi” yana bir xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi
22 iyu 2022 15:16
Yangiliklar
“Yangier-quruvchi” yana bir xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi
Pro liga ishtirokchisi “Yangier-quruvchi” klubi mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni olib bormoqda.
Olgan malumotlarimizga ko'ra, jamoa 24 iyul kuni “Surxon” klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. SHuningdek, 27 iyul kuni “Mashal” bilan o'ynasa, 30 iyul kuni yana bir xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. SHu kuni yangierliklar Tojikiston Oliy ligasi ishtirokchisi “Istaravshan” bilan bahslashadi.
Malumot uchun, jamoa davralar oralig'i vaqtida “Neftchi” (1:3) hamda “Ravshan” (6:2) jamoalariga qarshi o'ynagan edi.
Fikrlar