So’nggi yangiliklar

09:12"Барселона" 16 ёшли инглиз ҳужумчисининг трансферни келишиб олди  0 08:45"Ливерпуль" Конате ўрнига "Челси" собиқ ҳимоячисини кўзламоқда — Sports Boom  1 08:20"Ғазалкент" 18 ёшли футболчини деярли 300 миллионга сотиб олди  3 07:53УEФА "Барселона"ни катта миқдорда жаримага тортди  1 07:28Романо Зинедин Зиданнинг кейинги жамоасини маълум қилди  0 01:48Микель Артета: "Ютиб турганимизда бизни яхши кўриб қолиш осон. Дуранг ва мағлубиятда ҳам бизни яхши кўринг"  13 01:15Майкл Кэррик: "МЮда қанча ишлашимни мен ҳал қилмайман"  1 01:07Фабио Капелло: "АПЛ - бошқа сайёра"  2 00:59"Истиқлол" ОЧЛ 2'даги омадсизликдан кейин бош мураббийини истеъфога чиқарди  2 00:48Уэйн Руни Гвардиола кетса "Сити" кимни олиб келиши кераклигини айтди  2 00:21"Кристал Пэлас" Гласнернинг истеъфосини тезлаштириши мумкин  0 23:57ОКМК ёш футболчилари билан шартномаларни узайтирди  0 23:44"Қўқон-1912" Шоҳруҳ Маҳмудхожиевнинг трансферини эълон қилди  2 23:33Игор Тудор: "Ишонч билан айтаман, "Тоттенхэм" лигадан тушиб кетмайди"  1 23:15Туркияда ўз жамоалари учун ставка қўйган 32 клуб раҳбарлари ҳибсга олинди  4

"Yangier-Quruvchi" klubining transferlari va nazorat o'yinlari haqida Yangiliklar

"Yangier-Quruvchi" klubining transferlari va nazorat o'yinlari haqida

"Yangier-Quruvchi" jamoasi Pro liga 2022 mavsumi oldidan katta o'zgarishlarni amalga oshirdi.

Yanvar oyida bosh murabbiy Bekzod Qodirqulov boshchiligida mashg'ulotlarga qo'shilgan jamoa chempionat startiga qadar bir nechta nazorat bellashuvlarida maydonga tushdi. Avvalgi yillarga nisbatan joriy yilda Qodirqulovga bir nechta yordamchilar taklif qilindi. Xususan, Jahongir Abdurashitov va Muhammad Fayzullaev murabbiylar shtabidan o'rin oldi. Ilhom Jumanov esa darvozabonlar murabbiyi sifatida ish boshladi. 

Yanvar va fevral oylarida jamoa bir qator nazorat bellashuvlarida ishtirok etdi. Asosan, Superliga ishtirokchilari – “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Metallurg” va “Surxon”ga qarshi o'ynadi. 

Natijalar quyidagicha: 

“Yangier-Quruvchi” – “Zomin” – 1:0

“Yangier-Quruvchi” – “Paxtakor” – 0:2

“Yangier-Quruvchi” – “Metallurg” – 1:3

“Yangier-Quruvchi” – “Lokomotiv” – 0:2

“Yangier-Quruvchi” – “G'ijduvon” – 1:1

“Yangier-Quruvchi” – “Surxon”  - 1:2

“Yangier-Quruvchi” – “Yassi Turkiston”  - 0:0 

Tarkibda ham katta o'zgarishlar amalga oshirildi. O'tgan mavsumdagi tarkib azolarining aksariyat qismi bilan do'stona xayrlashdi. Ketganlarning o'rniga munosiblari taklif qilindi. 

Superligada javlon urib o'ynagan Suhrob Berdiev, Abduqaxxor Xojiakbarov, Qahramon Bahodirov, Asilbek Begimqulov va boshqa futbolchilar bilan shartnoma imzolandi. 

Jamoaga yangi kelib qo'shilganlar: 

Akrom Xo'jaev (“Surxon”)

Qaxramon Boxodirov – (“Mashal”)

Siroj Meliev – (“Dinamo”) 

Timur Usmanov – (“Dinamo”)

Asiljon Begimqulov – (“So'g'diyona”)

SHohruh Xolmatov – (“Buxoro”)

Elyor Mamasoliev – (“Xorazm”) 

Said Abdujabborov – (“Cementchi”) 

Bunyod SHodiev – (“Ko'ktosh”, Tojikiston)  

Muhiddin Odilov – (“Ko'ktosh”, Tojikiston)

Muhriddin Rasulov – (“Mashal”)

Suhrob Berdiev (“Qo'qon-1912”)

Abduqaxxor Xojiakbarov (“Turon”)

Ahror Umarjonov (“Qizilqum”)

Jahongir Abdusalomov (“Bunyodkor”)


SHartnomasini uzaytirganlar: 

Sarvar Xusanov 

Bekzod Tolibjonov 

Bunyod Abdumannonov 

Oybek Ahmatov 

Nodir Yo'ldoshev.

SHu bilan birga, bir qator futbolchilar bilan xayrlashildi: Abdumalik Toshpo'latov, Dilshod Xushvaqtov, Xurshidbek Asqaraliev, Muhammadqodir Raximberganov, Doston Meliqo'ziev va boshqalar.

Eslatib o'tamiz, “Yangier-Quruvchi” mavsumning dastlabki uchrashuvini 5 mart kuni o'z maydonida “G'ijduvon”ga qarshi o'tkazadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика