So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  4 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  0 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  8 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  13 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

“Yangier” hamda “SHo'rtan” klublarining ayrim xodimlari va futbolchilari kelishilgan o'yinlarda qatnashgani uchun jazolandi Yangiliklar

“Yangier” hamda “SHo'rtan” klublarining ayrim xodimlari va futbolchilari kelishilgan o'yinlarda qatnashgani uchun jazolandi

O'FA Etika qo'mitasi qarori.

O'zbekiston futbol associaciyasi Futbol faoliyatini nazorat qilish bo'yicha maxsus inspekciyasi tomonidan Pro-ligada qatnashuvchi “Yangier” hamda “SHo'rtan” futbol klublarining ayrim vakillari haq evaziga kelishilgan o'yinlarda qatnashganligi va totalizator o'ynab kelgan shaxslarga yordam berganligi aniqlandi. Aniqlangan holatlar bo'yicha O'FA maxsus inspekciyasi tomonidan tegishli malumotlar to'planib, O'FA Etika qo'mitasiga ko'rib chiqish va qaror qabul qilish uchun taqdim etildi.

Taqdim etilgan malumotlar bo'yicha O'FA Etika qo'mitasining yig'ilishi bo'lib, unda Pro-liga musobaqasida qatnashuvchi “Yangier” hamda “SHo'rtan” futbol klublarining ayrim vakillariga nisbatan intizomiy choralar qo'llanildi. Bunda ayrim futbolchi va mutaxassislar kelishilgan o'yinlarda qatnashganligi, totalizator o'ynab kelgan shahslarga yordam berganligi hamda yordam berishga uringanligi uchun 6 oydan 1 yilgacha bo'lgan muddatlarga futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlatildi.

Mazkur qaror O'FA tomonidan rasmiy tarzda elon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

O'FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspekciyasi barcha futbolchilar, futbol mutaxassislari, hakamlar hamda musobaqalarning rasmiy shaxslarini bu kabi noqonuniy holatlardan xabar topgan yoki shu holatlarga aloqador shaxslar ularga aloqaga chiqqan taqdirda darhol “Futbol faoliyatini himoya qilish to'g'risida”gi deklaraciyasiga asosan O'FAning tegishli bo'limlariga ixtiyoriy ravishda xabar berishi lozimligi to'g'risida ogohlantiradi.

O'z vaqtida ixtiyoriy ravishda xabar bergan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinishi va ularning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика