Yangi yil oldidan: A Seriya 18-tur prevyusi
29 dek 2023 17:05
Yangiliklar
Yangi yil oldidan: A Seriya 18-tur prevyusi
"Napoli" - "Monca"
SSC Napoli |
Serie A . 18-tur 29/12/2023, 22:30 0
:
0
Tugadi
|
Monza |
Stadion: Diego Armando Maradona, 50636 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Di Bello
Ushbu o'yindan oldin Valter Maccarining boshi yaxshigina og'rishi turgan gap. Diskvalifikaciya tufayli Osimxen va Politano jamoaga yordam bera olmaydi, Natan va Oliveyra esa jarohatlangan. Bundan kelib chiqadiki, hujumda Xvicha bilan Raspadori va Simeone maydonga tushirilsa kerak.
Mehmonlar safida ham yo'qotishlar yo'q emas. Diskvalifikaciya tufayli Pablo Mari ushbu bellashuvni o'tkazib yuboradi, Kaprari esa hamon safga qaytmadi. SHunday ekan Palladino yana Deni Mota va Kolombo juftligini maydonga tushirishi mumkin. Ularga orqaroqdan Kolpani va Pessina ko'maklashadi.
Qiziq tomoni, ushbu klublarning avvalgi bahsida "Monca" 2-0 hisobida zafar quchgan. Biroq o'shanda "Napoli" uchun o'yinning ahamiyati yo'q edi, ammo hozir, so'nggi omadsizliklar fonida g'alaba qozonish muhim hisoblanadi. Bazi muammolarga qaramay, neapolliklar tanaffus oldidan g'alaba qozonishlari ehtimoli ancha yuqori. Sababi "Monca" ham maqtana oladigan sport formasida emas.
"Jenoa" - "Inter"
Jillardino uchun Messias va Rettegining safga qaytgani ajoyib xushxabar bo'lgani aniq. SHunga qaramay, braziliyalik o'yinni zaxirada boshlasa kerak. Rettegi esa asosiy tarkibda Gudmundsonning yonidan o'rin egallaydi. Qolgan nuqtalarda Jillardinodan jiddiy o'zgarish kutish noo'rin bo'ladi.
Genoa Radu Dragusin - 45' |
Serie A . 18-tur 30/12/2023, 00:45 1
:
1
Tugadi
|
Inter Marko Arnautovic - 42' |
Stadion: Stadio Luigi Ferraris, 33249 tomoshabin
Bosh hakam: Daniele Doveri
Mehmonlar safida Pavar asosiy tarkibga qaytsa, jamoa sardori Lautaro va Dimarko o'yinni o'tkazib yuborishadi. Dumfris ham bu yil boshqa uchrashuv o'tkaza olmaydi. Hujumda yana Tyuram-Arnautovich duetining harakatlariga guvoh bo'lamiz.
Oxirgi to'qnashuvda jamoalar darvozalarga yo'l topa olishmagandi. Bu safar vaziyat boshqacharoq bo'ladi deb, umid qilamiz. Albatta, "neradzurri" bu juftlikda favorit. Tarkibdagi muammolariga qaramay, milanliklar bu mavsum ishonchli odimlashmoqda. Lekin "Jenoa" ham o'z uyida osonlikcha taslim bo'lmaydi. SHunday ekan "Inter"ga oson bo'lmaydi va biz qiziqarli bahs guvohi bo'lamiz.
"Kalyari" - "Empoli"
Mukumbu qizil kartochka tufayli yana o'yinni o'tkazib yuboradi va uning o'rnini Ibragim Suleymana egallaydi. Hujumda SHomurodv va Lapadullaning jarohatlari tufayli variantlar u qadar ko'p emas. Katta ehtimol Raneri oldinda Pavoletti-Luvombo juftligiga ishonch bildiradi.
Cagliari |
Serie A . 18-tur 30/12/2023, 19:00 0
:
0
Tugadi
|
Empoli |
Stadion: Unipol Domus, 16125 tomoshabin
Bosh hakam: Fabio Maresca
Guarino va Peselya jaroohat sabab o'yinni o'tkazib yuborishi aniq. Kaputo esa safga qaytib ulgurishi mumkin. "Empoli" hujumi usiz ancha sust ko'rinmoqda. Agarda tajribali forvard safga qaytib ulgurmasa, Gyassi uning yo'qligini bildirmaslikka harakat qiladi.
Jamoalarning oxirgi to'qnashuvida 1-1 hisobi qayd etilgan. Hozirga kelib "Kalyari"ning imkoniyatlari yaxshiroqdek ko'rinmoqda. Kalyari shahri jamoasi o'z maydonida oktyabr oyidan buyon mag'lub bo'lmayapti. Bu safar ham ushbu seriyani davom ettirib, jadvalda yuqoriroq ko'tarilib olish imkoniyati mavjud.
"Milan" - "Sassuolo"
"Milan"ning jarohatlar bilan bog'liq muammosiga yana Tomori ham qo'shildi. SHunday ekan, himoya markazida tajribali Ker va yosh SHimichni ko'ramiz. Hujumda Jiru va Leao juftligiga alternativ variantning o'zi yo'q. Yovich va Okafor ham jarohatlangan.
AC Milan Christian Pulisic - 59' |
Serie A . 18-tur 30/12/2023, 22:00 0
:
1
Tugadi
|
Sassuolo |
Stadion: San Siro, 70385 tomoshabin
Bosh hakam: Livio Marinelli
Mehmonlar etakchisi Berrardi o'yinga tayyor va bu Dionizi uchun zo'r yangilik bo'ldi. Viti, Alvares va Obyang esa "Sassuolo"ga yordam bera olishmaydi. SHu o'rinda Kastilexo jangga tayyor va sobiq jamoasini "xursand" qilishga urinishi aniq.
Ushbu raqiblarning avvalgi to'qnashuvida gollar yomg'iri guvohi bo'lgandik. "Sassuolo" safarda 5-2 hisobida g'olib bo'lgan. Hozir "Milan" favorit, lekin jamoaning himoya chizig'idagi muammolarini unutmaslik lozim. "Sassuolo" esa aynan shunday imkoniyatlardan foydalanishni biladigan jamoa. Demak, bizni yana bir tomoshabop o'yin kutib turibdi.
"Yuventus" - "Roma"
Juventus Adrien Rabiot - 47' |
Serie A . 18-tur 31/12/2023, 00:45 0
:
1
Tugadi
|
Roma |
Stadion: Allianz Stadium, 41503 tomoshabin
Bosh hakam: Simone Sozza
SHamollab qolgan Vlaxovich, Keza va Lokatelli tezda tuzalib, safga qaytib ulgurishdi. SHuningdek o'ng qanotda Veani ko'rish imkoniyatimiz bor. Ustiga-ustak Kambyazo diskvalifikaciya tufayli uchrashuvni o'tkazib yuboradi. Biroq Ken va De SHilo tuzalib ulgurishmadi.
Rimliklar vakili Dibalaning holati sir saqlanmoqda, biroq u o'yingacha tayyor bo'lib ulguradi degan fikrdamiz. Paulo sobiq jamoasiga qarshi asosiy tarkibda bo'lmasada, zaxiradan maydonga tushishi mumkin. Agarda Paulo tayyor bo'lmasa, Lukakuga Belotti yordamlashadi.
O'tgan safar "Roma" 1-0 hisobida g'alabani qo'lga kiritgan. "Keksa sinora" mutxassislar fikriga ko'ra favorit, qo'shimchasiga o'yin Turinda bo'lib o'tadi. Fikrimizcha, murosasiz kurashlarga boy o'yinda gollar ko'p bo'lmaydi.
Sergey Rumyancev
Nozima To'xtamirzaeva tarjima qildi
Fikrlar