So’nggi yangiliklar

02:11АПЛ. Дуранг ўйнаган "Ноттингем Форест" ЧЛ зонасига қайта олмади  1 01:48А Серия. "Милан" иродали ғалабага эришди, аммо жамоа ҳали ҳам кучли саккизликда эмас  0 01:17"Париж" - 46 йилдан сўнг Лига 1да! Унинг стадиони ПСЖ аренасидан йўлнинг нариги томонида жойлашган (мутолаа учун)  1 00:55Моуринью 2010 йилда "Интер"нинг "Барселона" устидан қозонган ғалабаси ҳақида: "Ўша воқеани тасвирлаши мумкин бўлган сўз йўқ"  8 00:50Кафу Рафинья ҳақида: "У билан "Олтин тўп" учун рақобатлаша оладиган ўйинчиларни кўрмаяпман"  3 00:09Рафинья: "Мен Италия терма жамоасида ўйнашга жуда яқин келганман"   3 23:09"Интер"нинг муҳим футболчиларидан бири "Барселона"га қарши ўйнамайди  3 22:47"Олимпик" "ФарДУ"ни таслим қилган баҳсдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:33ЛаЛига жамоаси футболчиларининг бутса ва қўлқопларини ўғирлаб кетишди. Машғулот бекор қилинди  2 21:30БАА. Азизбек Ғаниевнинг голи туфайли "Ал Батеҳ" 3 очкони қўлга киритди  7 21:03Педру Морейра "Пахтакор"ни тарк этди  61 20:54Дани Алвес медиалига клуби билан музокаралар олиб бормоқда  2 20:38"Европа Лигаси ғолиби ЕЧЛ йўлланмасига эга бўлмаслиги керак" — Арсен Венгер  11 20:13Мирко Йеличич: "Ўзбекистонда "тоза" ва техник футбол намойиш этишмаётганидан хафаман"  3 19:59Кейн уддалади, улар эса йўқ. Ҳеч қандай совринсиз қолган олти юлдуз (мутолаа учун)  7

Yangi PFL eski xatolarni tozalashni boshladi: Endi navbat mantiqsiz va nosog'lom raqobatni yuzaga keltirayotgan reglamentga!(mi?) Yangiliklar

Yangi PFL eski xatolarni tozalashni boshladi: Endi navbat mantiqsiz va nosog'lom raqobatni yuzaga keltirayotgan reglamentga!(mi?)

PFLga yangi vaqtinchalik rahbar etib Davron SHoqurbonov tayinlangach dastlabki ish Superliga bosh murabbiylari uchun chiqarilgan dress-kod bekor qilindi.

Yaqindagi Vadim Abramov futbolimizdagi o'zgarishlar haqida o'z fikrlarini bildira turib, aynan futbol odamlari kelganidan xursand ekanini yashirmadi va bazi kulguli va mantiqsiz ishlarni barham berilishidan umidvorligini aytdi.

Vadim Abramov: "Bunday issiqda galstuk taqishning nima keragi bor?"

PFL bosh murabbiylar uchun belgilangan rasmiy dress-kodni bekor qildi


Ha, aynan Abramov etiroz bildirgan dress-kod, yani reglamentda alohida joy ajratilib ko'rsatilgan mazkur band endi yo'qoldi:

"6.17 “Texnik zona”da joylashgan o'rindiqlarda zaxiradagi futbolchilar bilan birga jami 14 nafardan ko'p shaxs bo'lmasligi lozim. O'rindiqlarda uchrashuv protokoliga kiritilmagan, kiyimi pala-partish bo'lgan shaxslarni bo'lishi taqiqlanadi. Bosh murabbiylar O'FA talabi bo'yicha kiyinishi shart."

Bu yaxshi. CHunki jahon futbolida ham murabbiylarga qanday kiyim kiyishi tayinlanmaydi yoki majburiy forma yo'q.

Xo'sh, yangi PFL rahbariyati yana qanday mantiqsiz qarorlarni bekor qilishi kerak va nimalarga etibor qaratishi lozim?

Superliganing yangi mavsum avvalida va chempionatning dastlabki turlari o'tgach suniy raqobatni keltiradigan reglamentdagi yana bir mantiqsiz band haqida yozgandim.

O'FA & PFL yoxud ko'pchilikda savol uyg'otayotgan reglamentdagi band haqida 

Sog'lom raqobat kerakmi yoki suniy? (tahlil)  


PFLning yangi mavsum uchun chiqargan reglamentidagi mazkur band bilan tanishing:

• Superliga klublari o'yin qaydnomasiga 1997 yil va undan keyin tug'ilgan kamida ikki nafar o'yinchini kiritishi va ulardan birini minimum 45 daqiqa o'ynatishi shart. Mazkur futbolchi jarohat olgan holatda hali 45 daqiqa o'ynab ulgurmagan bo'lsa, uning o'rniga ikkinchi yosh futbolchi chiqarilishi lozim. Barcha yosh futbolchilar almashtirilgan bo'lsa, yosh futbolchini yoshi katta futbolchi bilan almashtirishga ruxsat beriladi;


Reglamentdagi mazkur band murabbiylarga ortiqcha muammo va tarkibni aniqlashda suniy raqobat yuzaga keltirmoqda.

Zo'ri, istedodi bori mana "Paxtakor"da bo'ladimi, o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'yayotgan "Navbahor"mi yoki "Nasaf"dami farqi yo'q, kerak paytda Oston O'runov, Alijonov yoki Abdixoliqov kabi yorib chiqib kelaveradi. Biz futbolimiz kelajagini kuchli raqobatda pishgan va o'sha "olov"dan chiqib kelgan yoshlarga ishonmoqchimizmi yoki suniy ravishda o'yin amaliyoti olayotgan futbolchilar kerakmi bizga?

Eski O'FA va PFL rahbariyati mazkur masalaga etibor ham qaratmadi. Futbolimiz tepasiga kelgan futbol odamlari esa mazkur masala bo'yicha ham yaxshigina bosh qotirishlariga umid qilamiz.

Dress-kod bekor qilindi. Lekin hali bekor qilinishi va tuzatishga muhtoj holatlar talaygina topiladi. Endigi har bir qaror futbol uchun qanchalik xizmat qiladi yoki yo'q, degan savolni o'rtaga tashlab, keyin yaxshi o'ylab chiqarilishiga ishongimiz keladi.

Davron SHoqurbonov PFL rulida qanday ishlashini albatta vaqt ko'rsatadi. Ammo ishga kirishishdan avval mazkur holatlar hamda uchrashuvga tayinlanadigan va bevosita masul bo'lgan komissarlar borasida ham yaxshi o'ylab ko'rishi, ularni to'liqligicha qaytadan saralab olishi kerak.

SHuningdek, qaysi o'yinni kim boshqarishi haqidagi xabarlarni o'yin kuni, uchrashuvga 2 soat qolganida elon qilinishi kabi kulguli holatlarga ham chek qo'yilishi lozim. Vaholanki OFK ham xalqaro maydondagi uchrashuvlarga hakamlarni eng kami 1 yoki 2 oy avvalroq malum qiladi.

Yangi PFL rahbariyati buyog'iga mazkur muhim 5 masala bo'yicha chuqurroq o'ylab ko'rishi va bekor qilishi kerak bo'ladi, nazarimda.

1. Suniy raqobatni vujudga keltiradigan mantiqsiz band•

2. Hakamlarni o'yin kuni elon qilinishi•

3. Qaysi libosda o'ynashni tanlash imkoniyatini mezbon jamoa ixtiyoriga qaytarish (PFL o'zi tanlayotgandi)•

4. Komissarlarni to'liqligicha saralab olish•

5. Bo'limlarga o'z yo'nalishi bo'yicha/futbol tushunchasi bo'yicha mutaxassislarni qo'yish•


SHahboz Beg'amov

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика