So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  0 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  2 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  14 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Yangi loyiha - "O'yin kuni". Ilk mehmon: "Nasaf" Yangiliklar

Yangi loyiha - "O'yin kuni". Ilk mehmon: "Nasaf"

Saytimiz ijodkorlari yangi - "O'yin kuni" nomli loyihaga qo'l urishdi.

Mazkur loyihada bir jamoaning malum uchrashuvga tayyorgarlik jarayonini to'liq ko'rsatish, ichki hayoti va bir uchrashuvga qanday taraddud ko'rishi bilan atroflicha tanishtirib chiqishga harakat qilinadi. "O'yin kuni"/"Matchday" deya nomlanmish loyihaning ilk soni mehmoni sifatida Qarshining "Nasaf" jamoasi tanlandi. Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf"ning "Paxtakor"ga qarshi o'yini, uchrashuvga bo'lgan tayyorgarlik jarayonlari suratga olindi va hali hech qaerda tasviri chiqmagan jamoaning ichkaridagi "oshxonasi" haqida ham mazkur loyiha orqali malum miqdorda tanishib chiqishingiz mumkin bo'ladi.

Butkul boshqacha formatdagi "O'yin kuni"/"Matchday" loyihasining dastlabki sonini etiboringizga havola etamiz.

SHu o'rinda yangi loyihaning ilk qahramoniga aylangan "Nasaf" jamoasi mamuriyati, ayniqsa bosh murabbiy Ro'ziqul Berdievga ijodiy guruhimiz nomidan katta minnatdorchilik bildiramiz. Tasvirga olish jarayonida imkon qadar ochiqlikni taminlagan va jamoaning ichki hayoti bilan tanishishga ruxsat bergan murabbiylar shtabiga muxlislar nomidan alohida rahmat aytamiz.

O'ylaymizki, muxlislar o'zlari uchun qiziq bo'lgan jarayon va bazi kerakli malumotlar haqida mazkur loyiha orqali tanishib chiqishadi.

TAS-IX

 


TAS-IX emas



"O'yin kuni"/"Matchday" loyihasi ijodkorlari "Nasaf"ning Superliga doirasidagi "Paxtakor"ga qarshi o'yinga bo'lgan taraddudi jarayonlari vaqtida jamoa bilan birga bo'lishdi va qiziqarli holatlar aks etgan jarayonlarni o'z lentalariga tasvirga olishdi. Xullas loyihaning ilk sonini tomosha qiling va o'zingiz baho bering!

Kamchiliklar haqida xolis tanqidlar va yana nimalarga etibor qaratilishi, shuningdek, loyihaning kelasi sonida qaysi jamoani "O'yin kuni"da ko'rishni istashingizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.

Etiboringiz uchun tashakkur!

Loyiha va g'oya muallifi — SHahboz Beg'amov.

Operator — Jahongir Fayzullaev.

Montajchi — Zoir Tursunboev.

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика