So’nggi yangiliklar

07:55Про лига. Бугун 6-турдан ўрин олган барча ўйинлар бўлиб ўтади   0 07:24U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон бугун финалда Япония билан ўйнайди  11 07:05Европа лигаси. "Рома" - "Байер" 0:2  0 07:00Европа лигаси. "Марсель" - "Аталанта" 1:1  0 06:50АПЛ. "Челси" - "Тоттенхэм" 2:0  0 06:40U23 Осиё кубоги. Ироқ - Индонезия 2:1  1 02:13Конференциялар лигаси. Голларга бой ўтган ўйинларда "Олимпиакос" ва "Фиорентина" ғалаба қозонди  3 02:02Европа лигаси. "Марсель" ва "Аталанта" муроса кўчасини танлади, "Байер" эса "Рома" майдонида ишончли ғалабага эришди  20 01:30АПЛ. Лондон дербисида "Челси" "Тоттенхэм"ни мағлубиятга учратди  3 00:53Германияда эркаклар футбол жамоасига илк маротаба аёл бош мураббий тайинланди  3 00:29Қозоғистон Профессионал футбол лигасининг букмекер ҳамкоридан қанча пул олаётгани маълум бўлди  3 00:12ПСЖ автобуси "Боруссия" стадионини Мбаппесиз тарк этди  2 23:28Россия кубоги. РПЛ йўли. Финал. Файзуллаев захирадан туширилди, ЦСКА эса илк ўйинда дуранг ўйнади  4 23:17U-23 Осиё кубоги. Ироқ 3-ўрин учун баҳсда Индонезияни мағлуб этиб, Олимпиада йўлланмасини қўлга киритди  31 23:00Бензема "Реал Мадрид"га қайтди  2

“Yangi Batistuta” yoxud Lautaro Martines kim o'zi?! Yangiliklar

“Yangi Batistuta” yoxud Lautaro Martines kim o'zi?!

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli 20 yoshli Lautaro Martinesni “yangi Gabriel Batistuta” deb atagan.

2013 yil “Orzular uchun o'yin” nomli dastur vaqtida Lautaro "Boka Xuniors" klubi unga qiziqish bildirayotgani haqida aytgandi: "Men "Boku"da o'ynashga qiziqqan edim. CHunki u erda yaxshi tajriba orttirish mumkin. Bu taklif menga yoqdi", — degan edi "Atletiko Liniers"ning endigina 2ta o'yinida maydonga tushgan 15 yoshli futbolchi.


"Men bunday vaqtli debyut qilib, gol urishimni hech ham kutmagandim. Hali yosh bola paytim forvard poziciyasida o'ynaganman. Lekin murabbiy faolroq bo'lishimni talab qilardi. U men xuddi yoshlar jamoasi to'p tepyotgandek harakatlanishimni so'rardi”, — deya yodga oldi Lautaro Martines debyutidan so'ng. Qizig'i shundaki, "yangi Batistuta" professional futbolda o'z vaqtida to'p tepgan otasi Mario debyutidan bir yil avval faoliyatini boshlagan.

Kuchli va kuchsiz tomonlari

Zamonamizning ikki oyoq bilan o'ynay oladigan bir necha top futbolchilaridan farqli o'laroq, Lautaro Martines faqat o'ng oyoqda yaxshi harakatlana oladi. CHap oyoq bilan o'ynash esa uning zaif tomoni desak, mubolag'a bo'lmaydi. U tezkor va uzoq masofaga kuchli zarba bera oladi. To'p bilan yaxshi harakatlanadi, ammo uni o'zida ko'p ushlab qoladi. Har qanday Janubiy Amerika o'yinchisidek, u ham ajoyib dribling qila oladi. Bundan tashqari, Lautaro ko'p marotaba o'yin qoidasini buzganligi sababli sariq va qizil kartochkalar olgan. Uni qo'pol deb bo'lmaydi, lekin yosh bo'lganiga biroz jizzakiroq. U bo'yiga nisbatan bosh bilan ancha yaxshi o'ynay oladi.

Unutish lozim bo'lgan voqealar

Har bir o'yinchining faoliyatida yorqin va qorong'u vaqtlar bo'ladi. Yomon xotiralarni iloji bo'lsa unutib yuborish kerak. Afsuski, bunday holat Lautaro Martinesning faoliyatida yuz bergan. Yosh argentinalik 2017 yil yoshlar o'rtasidagi Jahon CHempionatidan beri takroriy video — VAR tizimini yoqtirmaydi. 

Martines o'shanda Angliya termasi va “CHelsi” futbolchisi Fikayo Tomori bosimi ostida bo'lgan va undan “qutulish” maqsadida raqibining yuziga tirsagi bilan urgan. 3:0 hisobdagi mag'lubiyat bilan yakunlangan o'sha bahsda unga qizil kartochka berishgan edi. Biroq turnirda Argentina termasi g'alaba qozonolmagan: Janubiy Koreya bilan bo'lgan bahsda mag'lubiyatga uchrab, guruh bosqichining uchinchi turi Gvineya bilan uchrashuvda (5:0) mag'lub bo'lgan.

Birinchi jiddiy jarohat

Jamoa Jahon CHempionatidan chiqib ketganidan bir necha oy o'tib, Lautaro Martines o'ng oyog'i tovon qismidagi suyagi sinadi va hozirgi mavsumning boshlang'ich qismini o'tkazib yuboradi. O'sha paytlarda Evropaning etakchi klublari yosh o'yinchiga katta qiziqish bildirayotgandi. Jiddiy jarohat esa bunga katta salbiy tasir ko'rsatdi. Lekin u bu imtihondan yaxshi o'tdi va maydonga yanada kuchli bo'lib qaytdi: 14 o'yinda 10ta gol va 3ta golli uzatma berdi.

Nomzodlar

"Rasing Avelyaneda"ning yosh yulduziga bir vaqtning o'zida 3ta klub qiziqish bildirgandi: Milanning "Inter", Madridning "Atletiko" va Dortmundning "Borussiya"si. Lekin agar italiyalik va nemis rahbarlari xohish-istaklarini rasmiy tarzda bildirganlarida, u holda Madrid o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib bir chetga chiqardi. Biroq "shmellar" kech qolishdi.


"Biz "Dortmund"dan dushanba kuni taklif oldik, lekin hech narsa qilolmadik. Sababi "Inter" bilan rasmiy shartnoma tuzib bo'lgandik. O'ylashimcha, Martines "Inter" bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan. Men haqiqatdan ham biror narsani o'zgartirish uchun hech qanday imkonim yo'q edi. Lautaro uchun esa “Inter”dan boshqa variant qolmagandi", — degandi "Rasing" prezidenti Viktor Blanko.

"Aslida o'yinchini sotish niyatimiz bo'lmagan. Uning agenti bilan ham bu borada ko'p suhbatlashardik. SHundan so'ng, Martinesni "Atletiko" taklif qilgan 12 million evro sotmagandik. Xorxe Sampaoli Italiya va Ispaniya bilan o'rtoqlik uchrashuvlaridan oldin Martinesni chaqiradi. Bundan tashqari, uni 2018 yilgi mundialga olib borish ehtimoli ham yo'q emasdi. Argentina termasining so'zlariga qaraganda, kimlar borishi aniqmasdi. Hattoki, Paulo Dibala va Mauro Ikardiga ham vada berishmagandi.

Transfer narxi

Agar Lautaro Martines yana Jahon CHempionatiga boradigan bo'lsa, uning transfer narxi 50-60 million evrogacha ko'tarilishi mumkin. SHu sababli uni klubda olib qolish mushkul edi. Aynan shuning uchun klub rahbariyati soliqdan tashqari 27 million dollar hamda kelgusidagi shartnomaning 10% ulushiga egalik qilish sharti bilan “Inter”ning taklifiga rozi bo'ldi.

Argentina divizionida to'rtinchi darajadagi klub prezidenti Karlos Pablo "Rasing" va "Inter" o'rtasidagi shartnoma bo'yicha ular tahminan 4 million dollardan olishlarini hisoblab ulgurgandi. Va bu summani tarkibni kuchaytirish uchun yangi o'yinchi sotib olishga emas, balki infrastruktura va akademiyaga sarflashlarini ham tushungandi. Axir bunday klublarning asosiy manbai — iqtidorli yosh futbolchilar hisoblanadi. "Atletiko Liniers" akademiyasining mashhur bitiruvchilaridan Pablo Pazani eslab o'tish joizdir.  U Jahont CHempionat-1998 ishtirokchisi va Atalantada bo'lgan Olimpiadaning kumush medal sohibidir.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика