So’nggi yangiliklar

19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  0 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3 18:16Тимур Кападзе "Олимпик" бош мураббийлигидан кетди  4 17:54"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 17:22"Олимпиадада атмосфера ўзгача. Ҳар хил спортчиларни кўрасиз, улардан кўп нарсани ўрганса бўлади" — Абдурауф Бўриев  0 16:57Скамакка "Реал"га қарши Суперкубок учрашувини ўтказиб юборади  2 16:30"Реал" бош мураббийи Кепани қайтармоқчи  1 16:05Суперлига. 15-16-тур учрашувларининг бошланиш вақти маълум  2 15:41"Лейпциг" Хави Симонс қайтганини эълон қилди  1 15:30Гвардиола "Челси" бош мураббийини мақтади  1 15:03"Пахтакор"да ҳеч кимга асосий таркибдан жой кафолатланмаган" — Абдулла Абдуллаев  8 14:39"Бавария" ҳужумчисини ижарага бермоқчи  1

Yangi avlod. Evro saralashining 5 nafar o'sib kelayotgan yulduz-debyutanti Yangiliklar

Yangi avlod. Evro saralashining 5 nafar o'sib kelayotgan yulduz-debyutanti

Teglar :  EVRO-2016
Evro-2016ning so'nggi saralash uchrashuvlarida yosh yulduzlar o'z terma jamoalarida debyut qilishgan.

Emre Jan (Germaniya terma jamoasi, "Liverpul", 21 yosh)

Asli kelib chiqishi Turkiyadan bo'lgan germaniyalik Emre Jan - yangi avlodning yorqin vakillaridan biri va u Kloze, Lam, SHvaynshtaygerlarning g'alabali odimini davom ettiruvchilardan biri.

Jan "Bavariya" tarbiyalanuvchisi bo'lib, klubning o'zi saviya haqida aytib turibdi. Myunxen klubidan so'ng Emre ikki yilni "Bayer"da o'tkazadi va 2014 yilda Angliya vice-chempioni "Liverpul" safiga ko'chib o'tadi. O'sha mavsumlar oralig'ida Jan qizillarning yagona foydali xaridiga aylanadi.

U universal, Jan yarim himoya markazida qanchalik yaxshi harakat qilsa, boshqa har qanday poziciyada ham xuddi shunday o'ynay oladi. U nemischa aniqlikka ega, unda xatolar juda kam kuzatiladi. Tartibli "buzg'unchi".

Bu fikrlarimizga qo'shilgan  Yoaxim Lyov Janni Evro-2016 saralashining 7 va 8-turlariga chaqirdi. Emre terma jamoaga shunchaki mashg'ulot o'tkazish uchun emas, balki tajriba orttirish uchun ham kelgan. Jan bundestim tarkibida ikki o'yinni to'liq o'tkazdi.

Jan bu mavsumda "Liverpul" safida Premer-liganing barcha uchrashuvlarida o'ynagan kam sonli futbolchilardan biridir. U kelajakda Germaniya terma jamoasining asosiy futbolchisiga aylanishi mumkin.



Zakariya Bakkali (Belgiya terma jamoasi, "Valensiya", 19 yosh)

Belgiya jahon futboliga yosh iqtidorlarni etkazib berishda davom etyapti. Bu terma jamoaning yangi futbolchilaridan biri asli lejlik bo'lgan hujumchi Zakariya Bakkali. U hozirgacha terma jamoaning 2 uchrashuvida o'ynashga ulgurgan.

Bakkalining iqtidorini 2 yil oldin "PSV Eyndxoven" skautlari "Standart" o'yinlarining birida payqab qolgan va unga shartnoma taklif qilishadi. U ikki yil ichida Eyndxovenda Depaydan mashhur bo'la olmaydi, ammo "Valensiya" Zakariyani o'z safiga qo'shib oladi.

Ispan klubi 19 yoshli futbolchiga ishonch bildiradi va unga 5 yillik shartnoma taklif qiladi. Bakkali ishonchga yaxshi o'yin bilan javob qaytaradi: Primeroda u 6ta o'yinda 2ta golli pas berishga ulgurdi va terma jamoadan chaqiruv oldi.

Evropa chempionatigacha sakkiz oy bor va Bakkali bu muddat ichida milliy jamoa bosh murabbiyi ishonchiga kira olishi mumkin. Nima bo'lganda ham, Bakkalida nafaqat qita chempionatiga borish, balki uning kashfiyotiga aylanish imkoniyati bor.



Patrik Makneyr (SHimoliy Irlandiya terma jamoasi, "Manchester Yunayted", 20 yosh)

Irlandiya terma jamoasi 1960 yilda turnir yaratilganidan beri ilk marotaba Evropa chempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritib sensaciya qayd etdi. Bu mamlakat vakillari 1986 yilda Meksikada bo'lib o'tgan jahon chempionatidan so'ng hech qanday yirik turnirda ishtirok etmagan. Patrik Makneyr kabi futbolchilar esa hammasini o'zgartirib yuborishi mumkin.

2014 yilda Patrik 19 yoshligida "Manchester Yunayted" safida debyut qiladi. Balki uning omadi kelgandur, chunki o'shanda jarohatlar, diskvalifikaciyalar va viza bilan bog'liq muammolar tufayli jamoaning bir necha yarim himoyachilari o'yindan tashqarida qolib ketishgan. Makneyr o'z imkoniyatiga ega bo'ldi va undan foydalandi. Yarim yildan so'ng u bilan yangi shartnoma tuziladi.

Terma jamoadan ham chaqiruv keldi. SHu yilning sentyabr oyida Makneyr o'z milliy jamoasi tarkibida debyut qildi (Farer orollariga qarshi bahsda). SHu haftada u Greciyaga qarshi bahsda to'liq 90 daqiqa o'ynadi.

Uning o'z terma jamoasi bilan Evroga borishiga shubha yo'q.



Dele Alli (Angliya terma jamoasi, "Tottenxem", 19 yosh)

Bu angliyalik yosh futbolchi joriy mavsumda Angliyaning asosiy kashfiyotlaridan biriga aylanishga ulgurdi. "Tottenxem" muxlislari uchun bu futbolchi yangi qahramon.

Dele Alli 2015 yilning yozigacha Angliyaning uchinchi darajali ligasida ishtirok etuvchi "Milton-Kins Dons" klubida to'p tepgan. "MK Dons"ni "Lids" afsonalaridan biri Devid O'Liri boshqargan.

Dele Alli "MK Dons"dagi yorqin o'yini bilan bir nechta ingliz mutaxassislarini o'ziga qiziqtirib qo'yadi. U U17dan boshlab Angliyaning deyarli barcha yosh toifasidagi jamoalarida o'ynaydi. U Premer-ligada ham yo'qolib qolmaydi. Bir necha oy ichida u "Tottenxem"ning asosiy tarkibidan joy oladi va "shpor"lar safida 7ta uchrashuv o'tkazib, 1ta golga mualliflik qiladi.

Dele Alli o'zining universalligi bilan barchani hayron qoldirgan. U bir necha marotaba markaziy hujumkor yarim himoyachi, qanot yarim himoyachisi, tyanch yarim himoyachisi poziciyalarida ishonchli o'yin ko'rsata olgan.

Bu iqtidor sohibini Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson payqamay qolishining iloji yo'q edi.  Dele Alli Estoniyaga qarshi bahsda terma jamoa safida debyut qiladi. U zaxiradan o'yinga qo'ishlgan bo'lsada, milliy jamoa safida rasmiy uchrashuvdagi tajriba bebahodir. Ayniqsa 19 yoshda.



Jon Stouns (Angliya terma jamoasi, "Everton", 21 yosh)

Yaqindagina 21 yoshga to'lgan Stouns bir necha yildan beri yuqori saviyada o'ynayotgandek tasavvur uyg'otadi, ammo bu tuyg'u aldamchi. Stouns - qisqa muddat ichida yulduz bo'lishning namunasi.

"Barnsli" tarbiyalanuvchisi 2013 yilning yozida "Everton"ga o'tadi. U liverpulliklar safida Premer-ligada 2014 yanvar oyida debyut qiladi. Yarim yil o'tar-o'tmas birinchi marotaba Angliya terma jamoasiga chaqiriladi va Evro-2016 saralash uchrashuvida o'zining debyut bahsini o'tkazadi.

Butun yoz davomida iqtidorli himoyachi ketidan Joze Mourino "ov qiladi". "CHelsi" "Everton"ga juda katta pul taklif qiladi, ammo Liverpul shahri klubi egalari yosh, kamtar va bo'yi uzun (188 sm) fubolchini o'z safida olib qoladi.

Jonning hisobida terma jamoada bor yo'g'i 3ta rasmiy o'yin bo'lsada, Evropa chempionatida aynan u markaziy himoyada to'p tepishining ehtimoli katta. Balki u yangi Rio Ferdinand yoki Jon Terri bo'lar.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика