Endi Superliganing yana bir hakamlar brigadasi "dam" oladi...
22 sen 2018 18:31
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/454584_original.jpg)
![](/upload/storage/454584_220.jpg)
Endi Superliganing yana bir hakamlar brigadasi "dam" oladi...
Ayni paytda Toshkentda "Paxtakor" va "Buxoro" jamoalari o'rtasida bahs davom etayapti
Uchrashuvning 8-daqiqasida Dragan CHeran tomonidan kiritilgan gol sherlar tomonidan nishonlab bo'lingach bekor qilindi. Gap shundaki, bosh va qanot hakamlarining o'zaro kelishuviga ko'ra gol ofsayd deb baholandi.
"Sport TV"da to'g'ridan-to'g'ri namoyish etilayotgan o'yindagi qayta takror shuni ko'rsatdiki, gol CHeran tomonidan "toza" urilgan edi.
Katta ehtimol bilan mazkur uchrashuv hakamlarining ayrimlari nomalum muddatga "dam" oladilar.
Bu erda hech qanday ofsayd yo'qligini ko'ramiz
Hakamlar: Valentin Kovalenko, Andrey Snetkov, Sultonmurod Ulfatov, Rahim Karimov.
Nazoratchi: Marat Ismoilov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar