Yana bir futbol yulduzi Saudiyaga ko'chib o'tishga yaqin
07 iyu 2023 09:42
Yangiliklar
Yana bir futbol yulduzi Saudiyaga ko'chib o'tishga yaqin
Franciyaning Marsel klubi etakchisi Aleksis Sanches yangi mavsumni Saudiya Arabistoni chempionatida boshlashi mumkin.
Insayder Fabricio Romanoning yozishicha, «Al-Fatx» klubi chililik 34 yoshli hujumchiga yillik 10 million evro maoshli 2 yillik shartnoma taklif qilgan. Saudiyaliklar rasmiy taklifga javobni kutmoqda. CHililik futbolchi taklifni qabul qilmoqchi.
Sanches 2022 yil yozida «Inter»dan erkin agent sifatida Franciya klubiga o'tgandi. Uning «Marsel»dagi maoshi 2,5 mln evroni tashkil etadi. Aleksis qishda «Galatasaroy»ning yillik 4 mln evro maoshli taklifini rad etgandi.
Fikrlar