Yamanga qarshi o'yinga tayyorgarlik boshlandi
28 avg 2015 15:32
Yangiliklar


Yamanga qarshi o'yinga tayyorgarlik boshlandi
Futbolchilarimiz soat 12:00da mehmonxonada yig'ildilar. 13:00da esa kichik majlis bo'lib o'tdi. "JAR" stadionidagi mashg'ulotlar soat 18:00da boshlandi. Dastlabki 15 daqiqa OAV uchun ochiq bo'ldi. Yamanga qadar shunday holatni kuzatishimiz mumkin bo'ladi.
Biroz betobligi sababli Jasur Hasanov voqealarni chetdan kuzatishga majbur bo'ldi. Avvaliga Andrey SHipilov futbolchilarni mashg'ulotlarga "qizdirib" berdi. SHundan so'ng Samvel Babayan ishga kirishdi. Bugungi yig'in engil ko'rinishda bo'ldi. Sababi aksar futbolchilar kuni kecha tur o'yinlarida maydonga tushgan edilar. SHu boisdan chorshanba kechasida to'p tepgan futbolchilarga mashg'ulotlarni yarmidan keyin dam berildi. Legionerlar, darvozabonlar va "Paxtakor" azolari esa to'liq o'tkazdilar.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar