So’nggi yangiliklar

09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  0 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  1 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  3 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  7 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  3 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  1 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  16

Yaman - O'zbekiston o'yini prevyusi Yangiliklar

Yaman - O'zbekiston o'yini prevyusi

Bugun, 17 noyabr, Toshkent vaqti bilan soat 20:30da O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasida safarda Yamanga qarshi maydonga tushadi.

“H” guruhida o'yindan avvalgi holat

Jahon chempionati-2018 saralashininng ikkinchi bosqichi, 8-tur o'yinlari oldidan O'zbekiston milliy terma jamoasi “H” guruhida eng kam ochko yo'qotgan jamoa bo'lib turibdi. KXDR terma jamoasi esa O'zbekistondan bir o'yin ko'p o'tkazgan va to'plagan ochkolari soni ham bittaga ko'p - 13ta. O'zbekiston milliy terma jamoasi guruhda ikkinchi pog'onani band etib turibdi. Ushbu o'yin guruhning eng ko'p va eng kam gol urayotgan jamoalarning o'zaro to'qnashuvidir. To'plar nisbatida eng yaxshi ko'rsatgich aynan Samvel Babayan boshchiligidan jamoa tomonidan qayd etilgan. O'tkazilgan 5 o'yinda O'zbekiston 15 bora raqib darvozasini aniq nishonga olgan va o'z darvozasidan 6 bor to'p olib chiqqan.

O'zbekiston milliy terma jamoasining ushbu turdagi raqibi - Yaman esa shu vaqtga qadar 6 o'yin o'tkazib, faqatgina bir g'alabaga erishgan va qolgan barcha o'yinlarda mag'lub bo'lgan. Guruhda ular so'nggi - 5-o'rinni egallab turibdi. O'zining yagona g'alabasini Al-Sunayni jamoasi avvalgi turda safarda Filippinga qarshi o'yinda qo'lga kiritdi. Ushbu uchrashuvda yamanliklari 1:0 hisobida zafar quchgan. Bu ularning ushbu saralash bosqichida kiritgan yagona goli bo'lib turibdi. Ular o'tkazib yuborgan gollar soni esa - 10ta.

Ushbu tur oldidan guruhdagi vaziyat quyidagicha ko'rinish olgan:

#       

Jamoa

O'    

G'     

D    

M    

T-N

O

1

KXDR

6

4

1

1

10-5     

13    

2

O'zbekiston        

5

4

0

1

15-6

12

3

Filippin

6

2

1

3

4-9

7

4

Bahrayn

5

2

0

3

7-7

6

5

Yaman

6

1

0

5

1-10

3


O'zaro o'yinlar

O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z tarixida hali biror marta Yaman terma jamoasidan mag'lub bo'lmagan va biror bora ham durang qayd etmagan. Jamoalar jami 3 bora to'qnash kelgan bo'lib, barchasida O'zbekiston g'alaba qozongan. O'zaro o'yinlarda o'zbekistonliklar 7 bor raqib darvozasini ishg'ol qilib, faqatgina bir marta gol o'tkazib yuborgan.

Quyida barcha o'zaro o'yinlar ro'yxatini keltiramiz:

1   

09.05.1997

Yaman

0-1

O'zbekiston   

JCH-1998 saralash uchrashuvi    

2

24.08.1997   

O'zbekiston   

5-1  

Yaman

JCH-1998 saralash uchrashuvi

3

03.09.2015

O'zbekiston

1-0

Yaman

JCH-2018 saralash uchrashuvi


O'yindan oldingi fikrlar

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan: “Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasini qiyin uchrashuv kutib turibdi. Ushbu raqib Toshketdagi o'yinda bizga juda yaxshi qarshilik qilgandi. SHuningdek, bu jamoa so'nggi turda Filippinni safarda mag'lub etdi. Bu o'yinga biz jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. CHunki ushbu bosqichda oson taslim etiladigan raqib yo'q. Barcha jamoalar har bir o'yinga jiddiy etibor qaratyapti. SHu qatorda biz ham. Bo'lajak uchrashuvda ham o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni namoyish qilishga intilamiz va kerakli natijani qo'lga kiritamiz, degan umiddaman. Barcha futbolchilar o'yinga tayyor. Tarkibmiz optimal ko'rinishda. Ertangi o'yinda g'alaba qozonish imkoniyatiga keladigan bo'lsak, ustunlik biz tomonda. Biroq bu bilan Yaman terma jamoasini kamsitish niyatim yo'q. Ularda bir nechta kuchli futbolchilar bor. Ayniqsa darvozabonni alohida ko'rsatgan bo'lardim. U juda ishonchli posbon va so'zsiz o'z jamoasining yarmidir”.

Yaman terma jamoasi bosh murabbiyi Amin al-Sunayni: “O'yin og'ir kechadi. O'zbekiston so'nggi vaqtlarda juda yaxshi natijalar qayd etib kelayotgan kuchli jamoa. Ammo, biz ham o'z navbatida o'yinimizni yaxshilab boryapmiz. So'nggi turdagi Filippin ustidan qozonilgan g'alaba ham bu gaplarning isboti. Biz mana shu ko'tarinki holatimizdan erataga ham to'g'ri foydalanishga harakat qilamiz. Biroq, tushunib turibmizki ertaga bizga qiyin bo'ladi. Barchangiz Yamandagi vaziyatni yaxshi bilasiz. Mamlakat og'ir kunlarni boshdan kechirayotganiga qaramay, biz imkon qadar etiborimizni o'yinga qaratishga urinyapmiz. Kechroq bo'lsa-da ilk g'alabaga erishdik. Oldimizda hozir O'zbekiston hamda Baxraynga qarshi muhim o'yinlar kutib turibdi. Nima bo'lganda ham qolgan uchrashuvlarda ham yaxshi o'yin namoyish qilishga va imkon qadar yaxshiroq natija qayd etishga intilamiz”.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv Qatar poytaxti Doha shahridagi "Al-Arabiy" stadionida bo'lib o'tadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика