So’nggi yangiliklar

21:45CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон финалда Тожикистонга қарши баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  18 21:20Назорат учрашуви. "Нефтчи" Фарғонада "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  1 20:55Ўзбекистон U-23 назорат ўйинида "Хоразм"ни мағлуб этди  0 20:22Бугун финал! УЕФА Чемпионлар Лигаси бош соврини кимга насиб қилади?  13 20:11ОФК вакиллари 2 юлдузли "Бунёдкор" академиясига қандай баҳо беришди?  0 20:00Холид Ал Данҳани: "Бор эътиборимиз Ўзбекистон билан ўйинга қаратилган"  3 19:10"Қорабоғ" — "Сабаҳ". Озарбайжон кубоги финали учун таркиблар маълум  0 18:50Ўзбекистон Кубоги финали олдидан: "Оил Стар" ва БМБ бош мураббийлари қандай фикр билдирди? (тўлиқ матбуот анжумани)  0 18:43"Реал" дарвозабони клубни тарк этишга яқин  0 18:10ҚПЛ. "Турон" меҳмонда "Улитау"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 17:38"Атлетико" Фернандо Торрес билан шартномани узайтирди  0 17:07АПЛнинг учта клуби Барколяни нишонга олди  1 16:42"Тоттенхэм" тўрт нафар футболчи клубни тарк этганини эълон қилди  0 16:18МЮ Фернандешга 80 млн евролик ўринбосар топди  2 15:03"Челси" 70 млн фунтлик трансферни амалга оширадими?  5

Yakuniy imtihon Yangiliklar

Yakuniy imtihon

Kuz oxirlamoqda va yakuniy imtihonlar davri keldi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi 11 noyabr kuni tongda Qatarga etib kelganidan xabaringiz bor. Legionerlarimiz ham o'z klublaridan to'g'ri Dohaga uchib kelishdi. "Championat.asia" sayti ijodiy guruhi (Nodirxo'ja Yuldashev va Tolibjon Qosimov) ham shu erda bo'lib turibmiz. Milliy terma jamoaning etib kelishidan tortib mashg'ulotlarigacha eksklyuziv suratlar va lavhalar, intervyularni o'quvchilarimiz etiboriga taqdim etib kelmoqdamiz.

Bugun Qatarga qarshi ertangi o'yin oldidan rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi. Toshkent vaqti bilan 18:30da Srechko Katanec hamda bir nafar futbolchimiz ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. 19:00da esa bizning rasmiy mashg'ulot bo'lib o'tadi. Har ikki tadbirdan ham suratlar va undagi fikrlarni saytimizda kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.


Ko'pchilik muxlislarga terma jamoadagi kayfiyat va muhit qiziq bo'layotgani shubhasiz. Futbolchilardan tortib, personallargacha kayfiyat alo, jamoa ichidagi muhit ham alo darajada. Menimcha, hozir bu haqda yozishim har qachongidan ham to'g'riroq bo'ladi. Sababi, 2 kundan beri terma jamoa bilan birgamiz va hammasini o'z ko'zimiz bilan ko'rib turibmiz.

Ertangi uchrashuv bizni mundialga juda va juda yaqinlashtirishi aniq va buni murabbiylardan tortib futbolchilargacha his qilib turishibdi. Kamiga, Qatar bilan alohida hisob-kitobimiz ham bor. Osiyo kubogi-2023 chorak finalida qatarliklar bizni penaltilar seriyasida mag'lub etishgan edi. O'shanda bizning tarkibimizda Eldor SHomurodov va Abduqodir Husanovlar yo'q edi, ertaga esa ular jangga shay holatda maydonga tushib kelishadi. Qatar o'shanda ham bizdan kuchli emas edi va hozir ham kuchli demagan bo'lardim. Ularda uyda o'ynash ustunligi bor xolos. Afsuski, muxlislar ko'nglini biroz xira qiladigan jihat ham yo'q emas. Jaloliddin Masharipov "Istiqlol"ning oxirgi o'yinini betob bo'lib qolgani bois o'tkazib yuborgan edi. Vingerimiz shamollab qolgan va terma jamoaning 2 kunlik mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi. Aziz Turg'unboev esa "Sivasspor" tarkibida kichik jarohat olib almashtirilgan edi. Hozir terma jamoa shifokorlari har ikkala futbolchimizning salomatligi ustida qayg'urishmoqda va bugungi rasmiy mashg'ulotda Masharipov va Turg'unboevni umumiy guruhda ko'ramiz deb umid qilaman. Qolgan hamma soppa-sog' va uchrashuvga tayyor. SHaxsiy kuzatuvlarimga ko'ra, Masharipov bugun safga qaytgan taqdirda ham ertaga 90 daqiqa o'ynay olishiga ko'zim etmayapti. Yaxshigina shamollagan kishining ahvolini o'zingiz tasavvur qilib olavering. Menimcha, u asosiy tarkibda tushsa 2-bo'limda zaxiraga olinish ehtimoli yuqori yoki o'yinga aynan 2-bo'limda zaxiradan tushadi. CHunki, bunaqa holatda hatto Ronaldu ham bir kunda 90 daqiqa o'ynay oladigan darajada tiklana olmasa kerak.

Bu ikki do'st hali uzoq yillar "yondirishsa" ne ajab.


Bosh murabbiy Srechko Katanec ham qisqa tanaffusdan keyin yana terma jamoa bilan birga va mashg'ulotlar uning boshchiligida o'tkazilmoqda. Futbolchilar bilan o'zaro suhbatlashganimizda Katanecning shu erda ekanligi ular uchun ham yaxshiroq ekaniga amin bo'ldik. Ertaga hammasi biz umid qilgandek bo'lishiga va keyingi o'yinga jamoamiz 3 ochko bilan birga uchib ketishligiga umid qilamiz. Zero, aynan shu ikki o'yin orqali biz JCH sari deyarli hal qiluvchi qadamlarni tashlaymiz. Buyog'i oz qoldi, bo'shashmaymiz va asosiy maqsad sari intilamiz. Olg'a, O'zbekiston!


O'zbekiston terma jamoasi ertangi bellashuvni oq libosda o'tkazadi. "Oq bo'rilar"ga omad va zafar yor bo'lishini tilab qolamiz.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика