So’nggi yangiliklar

00:21Миржалол Қосимов: "Захирадан ўйинга қўшилган футболчилар ҳар доим ўйинни кучайтириши керак. Дориев яримта вазиятдан ҳам гол ура олди"  0 00:15Суперлига. Голларга бой ўтган баҳсда ОКМК ғалаба қозонди, "Динамо" эса қўшиб берилган дақиқаларда ғалабани илиб кетди  4 23:58Иван Бошкович: "Биз қандай ўйин намойиш этганимиз ҳеч кимга қизиқ эмас, муҳими натижа"  2 23:31РПЛ. ЦСКА ўз уйида "Крилья Советов"ни енга олмади, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  6 23:02Вадим Абрамов: "Бундай кўп тўхталишлар мухлисларга ёқади деб ўйламайман"  9 22:51"Арсенал" бразилиялик ярим ҳимоячига қизиқиб қолди  1 22:24АПЛ. "Ливерпуль" Александер-Арнольднинг голи эвазига меҳмонда "Лестер"ни мағлуб этди  11 22:03U-17 Осиё кубоги. Ўзбекистон 9 киши қолиб чемпион бўлди  738 21:54Озарбайжон Премьер-лигаси. "Сумқайит" меҳмонда "Зира"га мағлуб бўлди, Абдихолиқов гол урди!  2 21:22Айбек Нурбаев: "Футболчиларим билан фахрланаман"  0 21:05Григорий Колосовский: "Катта ҳудудий устунликка эга бўлдик"  1 20:58Симонс "Барса"да ўйнашни орзу қилади, аммо Хави ёзда катта эҳтимол билан АПЛга кетади. "Лейпциг" тахминан 75 млн евро олади  3 20:08Суперлига. 100 дақиқадан ошиқ давом этган ўйинда "Динамо" охирги паллада "Андижон"га гол уриб ғалаба қозонди  155 20:00Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз уйида ғалабага эришди, Алиқулов тўлиқ ҳаракат қилди  1 20:00А Серия. "Интер" "Болонья"га мағлуб бўлди, "Милан" ва "Аталанта" ўзаро баҳс олиб боради  1

Yakub Blashikovski: “Katta hurmatga loyiqman deb o'ylamagandim” Yangiliklar

Yakub Blashikovski: “Katta hurmatga loyiqman deb o'ylamagandim”

Yakub Blashikovski “Borussiya”da o'tkazgan 8 mavsumdan keyin “Fiorentina”ga ko'chib o'tdi.


Ayni paytda u yangi jamoasi bilan “A” seriyada peshqadamlik qilmoqda. “Spox” nashri muxbiri bilan suhbatda polshalik futbolchi Germaniyadan ketishi sabablari va boshqa masalalar to'g'risida savollarga javob qaytardi.


- “A” seriyada 2 oydan beri o'ynayapsiz. Moslashishga ulgurdingizmi?

- Boshida qiyin bo'ldi. Italiyaga kelib shartnoma tuzgach, darhol Polshaga terma jamoa ixtiyoriga jo'nab ketdim. Mehmonxonada atigi 10 kun yashab, keyin o'zimga uy topdim. Bu erga menga yoqyapti. Florenciyada ob-havo ajoyib.

- Natijalar yomon emas. 1999 yildan ilk marta jamoa chempionatda peshqadam bo'lib turibdi.

- Bu eng muhimi. Nihoyat o'ynayapman, asosiy tarkibda tushyapman. Paulu Souza boshidan menga ishonch bildirdi. Jamoa hozir muvaffaqiyatli o'ynayapti. Transfer tufayli bu menga juda muhim edi.

- “Borussiya”dagi 8 yildan keyin yangi hamkasblar bilan o'ynash va mashq qilish odatiy emasmi?

- O'zim ham tezda ko'nikib ketganimga hayron qoldim. Yangi joyda darhol o'zimni qulay his qildim. Jamoadoshlarim juda yaxshi qabul qilishdi va qo'llab-quvvatlashdi. Yangi jamoaga kirishib ketishimga bu yordam berdi. Murabbiy bilan juda yaxshi munosabatdaman. Umid qilamanki, hech narsa o'zgarmaydi.

- Omadli start tufayli muxlislar sovringa umid qilishmoqda. Jamoa Italiya chempionligi uchun kurasha oladimi?

- Jadvalni boshqarib turganimizdan xursandmiz. Biroq bu hech narsani bildirmaydi. Xulosalar mavsum oxirida chiqariladi. Anchadan beri o'ynayotganim sababli hamma narsa tezda o'zgarib ketishi mumkinligini tushunaman. Birinchi o'rinda qolishni istaymiz. Yakungacha esa uzoq yo'l kutib turibdi.

- Endi raqiblar “Fiorentina”ga qarshi boshqacha ishtiyoq bilan o'ynaydi. Ko'pchilik jamoangiz bilan hisoblashishni boshladi.

- To'g'ri. Raqiblar bizda kuchli jamoa borligi va buni har bellashuvda maydonda ko'rsatishimiz mumkinligini tushunishdi. SHuning uchun raqiblar bilan kuchli xohish orqali o'ynashlarini tushunaman. Bizning maqsad esa barqaror o'yin ko'rsatish.

- Nega Italiyaga ko'chib o'tdingiz? Sizda boshqa takliflar ham bor edi.

- Transferlar oynasi yakunida barchasi tez ro'y berdi. Klubni tezda tark etishim kerakligini hech kim aytmagandi. “Fiorentina” vakillari taklif bildirishdi. SHu sababli o'tishim amalga oshdi. Boshqalardan ham takliflar bo'lgandi. Lekin Italiyaga kelganimdan xursandman.

- Asosiy tarkibda doimo o'ynashni istaganingiz uchun “Borussiya”dan ketdingizmi? CHunki Evropa chempionatida o'ynash uchun klubda ko'proq harakat qilishingiz lozim.

- Hozir buni muhokama qilishni xohlamayman. Hammasi ortda qoldi. “Borussiya”da takrorlanmas 8 yilni o'tkazdim. Klubdan bir umrga minnatdorman. O'sha yillar faoliyatimdagi eng yaxshisi bo'lib qoladi. Professional futbolchi sifatida hozirni o'ylashim kerak.

- Dortmundliklar ishqibozlar ketishingizni eshitib, bundan xafa bo'lishdi.

- Futbolda bunday holat ro'y berib turadi. Bazida shunday qaror qabul qilish lozim. Og'riqli, lekin bir klubda ko'p yillar o'ynab, keyin ketgan yagona futbolchi emasman. “Borussiya” hamisha yuragimda qoladi. Klub bilan hech qachon xayrlashmayman. Yigitlar bilan aloqa qilishda davom etyapman. Klub vakillarini hurmat qilaman.

- 2014 yil tizzangizdan og'ir jarohat olib, keyin asosiy tarkibga qayta olmadingiz. O'sha yil siz uchun eng qiyini bo'ldimi?

- Ha, shunday. Bunday vaziyatlarda murabbiyning ko'magi kerakligini tushundim. Yurgen Klopp bu davrda mendan hol so'rab, hamisha muloqot qildi. Menga ishonishlari haqida gapirdi. Bu esa qayta tiklanishimda qo'l keldi. Buning uchun unga rahmat aytaman.

- Yangi klub qidirishingiz lozimligini qachon tushundingiz?

- Raqobatdan qo'rqadiganlardan emasman, shuning uchun buni darhol tushunmadim. Kurashga tayyor bo'lib, imkoniyatimni kutardim. Biroq o'rtoqlik o'yinlarida ham kam o'ynadim. SHunda muhim qarorga kelish kerakligini anglab etdim. Va buni amalga oshirdim.

- “Borussiya” hozircha “Fiorentina”ga bir yilga ijaraga o'tishingizga rozilik bergan. Yakuniy o'tish muhokama qilinmadimi?

- Klublar bu masalani keyinroq muhokama qilishga kelishishgan. SHartnomada bu haqida band bor. “Fiorentina” bundan foydalanishga urinib ko'rsa kerak.

- “Borussiya”ga qaytmaysizmi?

- Buni men hal qilmayman. Klubning menga bo'lgan rejalariga bog'liq. Italiyaliklar qolishimni xohlashsa, meni sotib olishlariga to'g'ri keladi.

- “Borussiya”ning birinchi uy o'yinida muxlislar “Rahmat, Kuba” deb yozidgan bannerlarni ko'tarishdi.

- Bundan hayratlandim va haligacha ijobiy taassurotdaman. Buni kutmagandim. Nahotki, shunday hurmatga loyiq bo'lsam. Muxlislarga rahmat aytish imkoniyatidan foydalanib qolaman. Bu ular tomonidan ajoyib bo'ldi. Barcha qiyinchiliklarni birgalikda engib, muvaffaqiyatni birga nishonladik.

- Dortmundda qaysi voqea eng esda qolarli bo'lgan?

- Sovrinlardan tashqari o'tgan mavsumdagi qiyinchiliklarni qanday engib o'tganimizni eslayman. Birinchi davra oxirida so'nggi pog'onada borardik, lekin muxlislar bizni qo'llab-quvvatlashda davom etishdi. Aynan shu vaziyat menga boshqacha tasir qildi. Yuragimda o'zgacha taassurot qoldi. O'tgan mavsum Dortmunddagi faoliyatim mobaynida eng hayajonlisiga aylandi.

- “Borussiya” o'yinlarini kuzatib boryapsizmi?

- Yo'lini topdim. Agar o'ynamasam, “Borussiya” o'yinlarini qo'yib yubormayman. Klubda nimalar bo'layotganini bilaman. Jamoaning ashaddiy muxlisiga aylandim. “Bavariya”dan olingan mag'lubiyat afsuslanarli bo'ldi, lekin qolgan o'yinlarni yigitlar juda yaxshi o'tkazishdi.

- Yurgen Klopp “Liverpul”da ishlayapti. U kam dam olganidan hayron bo'lmadingizmi?

- Yo'q. Bunday klubdan taklif bo'lganda rejalarni qayta ko'rib chiqish mumkin. U ajoyib murabbiy va yaxshi inson. “Liverpul”ni boshqarish unga mos tushadi. Uning Mourinoga nisbatan solishtirishda aytganlarini eshitib kuldim. Aynan Yurgen tufayli premer-ligani ko'rishni boshladim.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика