So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  2 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  83 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  845 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

XXV mavsumning yakuniy statistikasi Yangiliklar

XXV mavsumning yakuniy statistikasi

Mana XXV milliy chempionatimiz ham o'z nihoyasiga etdi. G'olib va sovrindorlar aniqlandi, kelasi yili birinchi ligaga ravona bo'luvchi jamoa nomini ham bilib oldik.

Yakuniga etgan chempionat ham tarixga aylandi. Biz ham ushbu tarixni raqamlar yordamida sizlarni yodingizga solmoqchimiz.

XXV milliy chempionatimiz yakunlari raqamlarda

XXV milliy chempionatimizda jami 240ta o'yin o'tkazildi.  Darvozalarga  644ta to'p kiritildi (o'rtacha har bir o'yinga 2,68 tadan to'p to'g'ri keladi).

Eng ko'p golni Lokomotiv klubi urishga erishdi - 77ta. Eng kam golni esa Andijon urdi - 20ta.

O'z darvozasidan eng kam to'p olib chiqqan jamoa Bunyodkor bo'ldi - 13ta. Eng ko'p golni esa Navbahor o'tkazdi - 66ta.

Eng ko'p g'alabani Lokomotiv qo'lga kiritdi - 23ta. Navbahor, Andijon va Obod eng kam g'alabaga erishgan jamoalar bo'lishdi - 3tadan.



Eng ko'p durangni Bunyodkor qayd etdi - 9ta. Eng kam durangga SHo'rtan va Olmaliq erishishdi - 2tadan.

Eng kam mag'lub bo'lgan jamoa Lokomotiv bo'ldi - 2ta. Eng ko'p mag'lubiyat alamini Olmaliq totib ko'rdi - 20ta.

Lokomotiv o'z maydonda mag'lub bo'lmagan yagona jamoa bo'ldi. Navbahor esa safarda umuman g'alabaga erishmagan yagona klub.

Bunyodkor o'z maydonida darvozasidan eng kam to'p o'tkazib yuborgan – 5ta. Navbahor esa o'z maydonida darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan – 27ta.

Bunyodkor safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng kam – 8ta to'p o'tkazib yuborgan. Navbahor safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng ko'p – 39ta to'p olib chiqqan. 


 
Lokomotiv o'z maydonida eng ko'p to'p kiritgan – 44ta. So'g'diyona o'z uyida eng kam 11ta gol kiritgan.

Lokomotiv safar uchrashuvlarida eng ko'p to'p kiritgan – 33ta. Andijon va Obod esa safar uchrashuvlarida eng kam to'p kiritishgan – 8ta.

Lokomotiv o'z maydonida eng ko'p ochkoni qo'lga kiritgan – 41 ta. Andijon o'z maydonida eng kam ochko yiqqan – 18ta.

Safar uchrashuvlarida temiryo'lchilar eng ko'p ochkoni qo'lga kiritishgan – 33ta. Navbahor safar uchrashuvlarida eng kam ochkoni qo'lga kiritgan – 2ta.

25-chempionatda kiritilgan  644ta goldan 400tasi (62,11%) mezbonlar, 244tasi (37,89%) mehmonlar hisobiga yozildi.   

Bo'lib o'tgan 240 uchrashuvning  137tasida (57,08%) maydon egalari, 58tasida (24,17%) mehmonlar zafar quchishgan.  45 o'yinda (18,75%) esa tomonlar murosa ko'chasini tanlaganlar.



30ta tur davomida futbolchilar jami 923 bor sariq kartochka bilan jazolandilar (o'rtacha har bir o'yinga 3,85tadan kartochka to'g'ri keladi). 48 marta futbolchilarga qizil kartochka ko'rsatildi (o'rtacha har bir o'yinga 0,2tadan chetlatish to'g'ri keladi).

Uchrashuv hakamlari 78 marta 11 metrlik belgini ko'rsatishdi. 61 holatda (78,21%) to'p darvozaga kiritildi. 17 vaziyatda esa to'p darvozaga “kirishni” xohlamagan.

Eng ko'p penalti tepgan jamoa "Qizilqum" - 11 marta. Eng kam penalti tepgan jamoa "Mashal" - 1 marta.
Darvozasiga eng ko'p penalti belgilangan jamoa "Olmaliq" - 11 marta. Darvozasi tomon eng kam penalti tepilgan jamoalar "Bunyodkor" va "Buxoro" - 1 martadan.

"Navbahor" ishtirokidagi o'yinlardan eng ko'p gol urildi - 103ta. "Bunyodkor" ishtirokidagi bahslarda esa eng kam gol kuzatilgan - 59ta.
Eng ko'p qizil kartochka olgan jamoa "Olmaliq" bo'ldi - 6ta. Eng kam qizil kartochka olgan jamoalar uchta: "Mashal", "Bunyodkor" va "Nasaf" - 1tadan.

Eng ko'p sariq kartochka olgan jamoa "Neftchi" - 69ta. Eng kam ogohlantirish olgan klub "Nasaf" - 40ta.  



XXV milliy chempionatda 12ta avtogol qayd etildi. SHerzod Azamov (Nasaf) bu mavsumda ikkita avtogol muallifi bo'lgan yagona futbolchi bo'ldi. Hasanboy Ergashev (SHo'rtan), Hikmat Hoshimov (Metallurg), SHukurali Po'latov (Neftchi), Oleksandr Pishur (Navbahor), Dilshod Hamroev (Obod), Muhiddin Xudoyorov (Buxoro), Georgi Kvesieshvili (Qizilqum), Umid Xonimqulov (Olmaliq), Akmal Rustamov (Qizilqum) va Igor Golban (Navbahor)  o'z darvozalariga bittadan to'p kiritib qo'yishdi.

Mavsumda 52ta dubl qayd etildi. 28 futbolchi bir uchrashuvda ikki marta gol kiritishdi. Zohid Abdullaev (Metallurg) 5 marta, Temurxo'ja Abduxoliqov (Lokomotiv) va SHahboz Erkinov (Mashal/Nasaf) 4 martadan, Dragan CHeran (Nasaf), Igor Taran (SHo'rtan), SHohruz Norxonov (Obod), Nemanya Yovanovich (Andijon/Qizilqum), Marat Bikmaev (Lokomotiv) bunday natijani uch bor takrorlashgan.

Olti futbolchi esa bir uchrashuvda uch marta gol kiritishgan. Kenja To'raev (Mashal), Igor Taran (SHo'rtan), Oleksandr Pishur (Navbahor), Zafar Polvonov (SHo'rtan), Aziz Ibragimov (Buxoro), Temurxo'ja Abduxoliqov (Lokomotiv) bu mavsumda xet-trik qayd etishdi.

Bellashuvlarini jami 1117664 muxlis bevosita o'yingohlarda tomosha qildi. (O'rtacha har bir o'yinga 4657 to'g'ri keladi).

Eng ko'p tomoshabin Buxoro – Nasaf uchrashuviga tashrif buyurdi – 24104. Eng kam tomoshabin esa Paxtakor – SHo'rtan uchrashuviga tashrif buyurgan – 204 nafar.



Muxlislar to'plash borasida Buxoro jamoasi peshqadamlikni qo'lga kiritdi – 329108. Qizilqum 192402 ko'rsatkich bilan ikkinchi bo'ldi. Andijon esa 160396 natija bilan uchinchi o'rinni band etdi. Obod o'yinlariga esa eng kam tomoshabin kelgan – 78153.

Buxoro jamoasi o'z maydonida ham eng ko'p ishqiboz to'plagan – 262966. Bunyodkor bu borada eng past ko'rsatkichga ega bo'ldi – 15539.

Safar o'yinlarida Lokomotiv jamoasining (103649) muxlisi ko'p. Safarda SHo'rtanning muxlislari eng oz – 44516.

XXV milliy chempionatning 240 uchrashuvidan 42tasida yirik hisob qayd etildi. Lokomotiv eng ko'p 9ta yirik hisobdagi g'alaba bor. CHempionatning eng yirik hisobi Metallurg – Mashal (hisob – 6:0, 17-tur) va Nasaf – Navbahor (hisob – 6:0, 26-tur) uchrashuvlarida qayd etildi.

Bo'lib o'tgan 240 uchrashuv 18 xil natija bilan yakunlandi. 1:0 hisobi eng ko'p – 48 marta, 2:1 – 44 marta, 2:0 – 27 marta, 1:1 va 3:0 – 20 marta, 3:1 – 19 marta, 0:0 – 17 marta, 3:2 – 10 marta, 4:0 – 6 marta, 2:2 va 4:1 – 5 martadan, 4:2 – 4 marta, 5:2, 5:1, 5:0 va 3:3 - 3 martadan, 6:0 - 2 marta, 4:3 – 1 marta uchradi.  
 


Oliy liga-2016 seriyalari

G'alabali seriya – Lokomotiv (15 apreldan – 16 iyungacha) 8 uchrashuv
Mag'lubiyatsiz seriya – Lokomotiv (6 martdan – 23 sentyabrgacha) 22 uchrashuv
Durangli seriya – Andijon (22 oktyabrdan – 16 noyabrgacha) 4ta uchrashuv
Durangsiz seriya – Andijon (7 martdan – 9 sentyabrgacha) 21 uchrashuv
G'alabasiz seriya – Navbahor (25 avgustdan – 22 noyabrgacha) 11 uchrashuv
Mag'lubiyatli seriya – Qo'qon-1912 (9 apreldan – 21 iyungacha) 10tadan uchrashuv
Golli seriya – Lokomotiv (26 iyuldan – 23 noyabrgacha) 16 uchrashuv
Golsiz seriya – Andijon (15 oktyabrdan – 16 noyabrgacha) 5 uchrashuv
Gol o'tkazib yuborish bo'yicha seriya – SHo'rtan (6 martdan - 9 avgustgacha) 17 uchrashuv
Quruq seriya – Bunyodkor 7 uchrashuv (24 sentyabrdan – 3 noyabrgacha)
Yirik g'alabali seriya – Lokomotiv 3 uchrashuv (18 avgustdan – 17 sentyabrgacha)
Yirik mag'lubiyatli seriya – Obod, Navbahor va So'g'diyona - 2tadan uchrashuv
Yirik g'alabasiz seriya – Neftchi, So'g'diyona, SHo'rtan, Qo'qon-1912 - 30tadan uchrashuv
Yirik mag'lubiyatsiz seriya – Bunyodkor, Qizilqum, Lokomotiv va Nasaf -  30tadan uchrashuv
CHetlatishli seriya – SHo'rtan, Olmaliq va Paxtakor - 2tadan uchrashuv
CHetlatishsiz seriya – Metallurg (9 apreldan – 22 noyabrgacha) - 27ta uchrashuv


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика