So’nggi yangiliklar

14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  0 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  4 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  2 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  2 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  9 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  6 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  1 08:35Европанинг машҳур клуби Неймар билан шартнома имзоламоқчи  3 08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубль  1

XXI asrda kim ko'proq jarima zarbalaridan to'p kiritgan? Ajablanarlisi, ikkinchi o'rinda darvozabon, Messi hatto kuchli uchlikka ham kirolmagan Yangiliklar

XXI asrda kim ko'proq jarima zarbalaridan to'p kiritgan? Ajablanarlisi, ikkinchi o'rinda darvozabon, Messi hatto kuchli uchlikka ham kirolmagan

PopFoot futbol akkaunti XXI asrda jarima zarbalaridan kim eng ko'p gol urganini hisoblab chiqdi. Unda faqatgina klub tarkibida kiritilgan gollar inobatga olingan.

2000 yillardagi "Lion" afsonasi bo'lgan braziliyalik Junino Pernambukano 74 ta gol bilan birinchi o'rinni egalladi. Hozirda 30 yoshdan kichik bo'lsangiz ham, Juninoning sehrli zarbalarining videolarini ko'rgan bo'lsangiz kerak, u deyarli har hafta gol urardi. SHuni yodda tutingki, bu sehrgar o'z faoliyati davomida jarimadan 118 ta gol urgan, yani standartlarning 60% dan ko'prog'i darvoza to'riga borib tushgan.

"Darvozaga zarba berishda doim mohir bo'lishga intilganman, lekin bolaligimda jarima zarbalaridan gol urish uchun kuchim etmasdi. 13 yoshgacha futzal bilan shug'ullanganman, keyin jarima zarbalarini tepishni boshladim. Ammo jonli devor juda yaqin tuyulardi, gol urish esa murakkab edi. Mohirona zarba berish texnikasini faqatgina Franciyada o'rganganman", — deydi braziliyalik futbolchi.


Ikkinchi o'rinda tarixdagi eng sermahsul darvozabon, "San Paulu"ning buyuk posboni Rojerio Seni 59 gol bilan o'rin egallagan. 



Uchinchi o'rin ham braziliyaliklarga tegishli — Ronaldino klubdagi faoliyati davomida jarima zarbalaridan 55 ta gol urgan.


Leo Messi qani degan savol tug'ilishi tabiiy. U hozircha 50 ta gol bilan to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. Agar PSJda Leo merganlik qobiliyatini qaytara olsa va "Barselona"dagi kabi yana gol ura boshlasa, u faoliyatining qolgan qismida ikkinchi o'ringacha mumkin, ammo Juninoning rekordini zabt etish deyarli ilojsiz.


Messidan keyingi o'rinni Krishtianu Ronaldu egallab turibdi, unda jarimadan 47 ta aniq zarba bor. Krish oxirgi marta 2020 yilda "Yuventus" libosida jarima zarbasini aniq amalga oshirgan, shundan beri u 50 dan ortiq muvaffaqiyatsiz urinish qayd etgan.


Ro'yxatda Devid Bekxem, Alessando Del Pero va Roberto Karlos kabi jarima zarbasi daholari bilan ham mavjud. Hozirgi futbolchilar orasida o'tgan yozda mashmashali tarzda "Milan"dan "Inter"ga ko'chib o'tgan pleymeyker Xakan CHalxanoglu alohida ajralib turadi. Yangi klubi safida u hali standartdan gol ura olmadi, ammo "Milan"da 4 ta jarima zarbasini aniq ijro etgandi. SHuningdek, Xakan "Bayer" libosida 9 marta to'pni jonli devor ustidan oshirgan holda o'zi chamalagan mo'ljalga yo'llay olgan.

Ro'yxatda Kristian Eriksen ham bor. Daniyalik futbolchining jarima zarbalaridan 16 tasi aniq chiqqan, ulardan 12 tasi "Tottenxem" safida amalga oshirilgan.

O.A

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика